Babayeva d. R


II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning  mazmunini o‘qib berish. III bosqich



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

II bosqich.
Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning 
mazmunini o‘qib berish.
III bosqich.
Asami bolalar tomonidan eslab qolinishiga erish sh: 
qayta o‘qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida indivi­
dual ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
IV bosqich.
0 ‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun 
o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni 
to‘g ‘ri amalga oshirish.
3. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalaming yosh xususiyatlarini hi­
sobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi 
maqsadga muvofiq. Masalan, o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks 
ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahra- 
monlarining ancha murakkab munosabatlari, ulaming kechinmalari, 
qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
295


Ertak va hikoyalami bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli 
o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, qu- 
yon kabi personajlami o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilaming ba­
diiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suh- 
batlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga 
xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak qahra­
monlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar 
ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. 
«Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov 
guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina 
olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Masalan, 
tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar 
tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha 
murakkab munosabatlari, ulaming kechinmalari, qayg‘ulari aks et- 
tirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga 
qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qanday asami sahnalashtirishni 
yoqtirishlarini, qaysi bola t opshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, 
rollami ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelga- 
nini yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan 
o'yinlar jonlantiriladi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin