Ertak va hikoyalami bolalar ko‘pincha o‘zlarining
ijodiy rolli
o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, qu-
yon kabi personajlami o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilaming ba
diiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suh-
batlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga
xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak qahra
monlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan
ertaklar, hikoyalar
ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi.
«Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov
guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina
olinmasdan,
badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Masalan,
tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar
tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa
asar qahramonlarining ancha
murakkab munosabatlari,
ulaming kechinmalari, qayg‘ulari aks et-
tirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi.
Bolalarga
qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qanday asami sahnalashtirishni
yoqtirishlarini, qaysi bola t opshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini,
rollami ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelga-
nini yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan
o'yinlar jonlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: