Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

tayyorgarlik davri 
vazifalari sentabr, 
oktabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib bo­
riladi:
1. Tovushlami to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi 
haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish.
2. Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.
3. Jarangli va jarangsiz tovushlami ajratishga o‘rgatish asosida 
fonematik idrokni va tasawumi rivojlantirish.
4. Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
a) gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlami bo‘g‘inlarga bo‘lish;
b) ma’lum tovushlaming o‘mini aniqlash (so‘zning boshida, o‘r- 
tasida va oxirida);
299


d) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
e) tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
f) tovushlami eshitishda farqlashga o‘rgatish.
Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash 
yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limi 2-bosqichi - 
asosiy davrida
(oktabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish.
2. Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi 
bo‘yicha mashqlami bajarishga o‘rgatib borish;
3. Bo‘g‘in o‘qish;
4. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlami tuzish va ulami 
bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.
Tayyorlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar 
bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak.
Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kuti- 
layotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yo- 
riti'adi. Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ish­
lar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli 
bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini 
tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar 
(yig‘ish, terish), amaliy ishlami bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlami 
o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin