faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni
egallashdagi muvaffaqiyat
oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya va ta’lim sharoitla-
riga bog‘liq, bo‘ladi.
Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy
turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi nar-
salarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi.
0 ‘zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlami bolalar
xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar.
Bulaming hammasi
bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi
mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar,
maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bo-
laga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo'lib qoladi va uni
bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar.
Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o‘z
xatti-harakatini va teng-
doshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi na-zardan - maktab
o‘quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart qi?ib qo‘yadi. Bola
faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalaming uning xulq-atvoriga va
faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talabla-
rini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy
tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilg in bo‘ladi.
Odam-
laming ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, ahloqda va
hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi
faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida
katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati
ana shunday shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: