Shoh: - Yo‘q. Men aytgan narsa bu emas. Sizlarga uch kun muhlat:
topsalaringiz - topdingiz, topmasalaringiz, hammangizni jazolaymen!
Vazirlar nima qilishlarini bilmay, rosa boshlari qotibdi. 0 ‘ylay-o‘ylay,
Alisher Navoiyning huzuriga borib, maslahat so‘rashga qaror qilishibdi.
-
Assalomu-alaykum, taxsir.
- Vaalaykum assalom. Kelinglar, xush ko‘rdik, marhamat.
Vazir: - Ey, mehribon ustoz! Bizni jazodan qutqaring. Shohimiz
dunyoda eng xushbo‘y isli narsani keltirishimizni buyurib edilar.
Shuni hech topa olmayapmiz. Panohingizga oling.
Navoiy: - Bu jumboqni ochadurg‘on kishi - Dehqon bobodur.
Qani, yuringlar-chi, so‘raymiz.
Hammalari
birgalashib, Dehqon bobo huzuriga boribdilar.
Dehqon: - Otam rahmatli tandirdan
yangi uzilgan non isidan
hushbo‘yroq narsa yo‘q, deguvchi edilar.
Yangi yopilgan non olib
boringlar-chi, shohga ma’qul kelsa, ajabmas.
Navoiy yangi
uzilgan nonni savatga solib, shoh huzuriga kiribdi.
Navoiy: - Mana, shohim. Dunyoda hushbo‘y hidli narsa - tandirdan
yangi uzilgan nondir.
Shoh: - Rahmat, do‘stim, ko‘nglim istagan narsani siz topib keltiribsiz.
Navoiy: - Shohim, rahmatni
menga emas, Dehqon boboga ayting,
ko‘rLglingizning istagini shu kishi topdi.
Shoh chapak chalib, mulozimlarini chaqiribdi.
Shoh: - Dehqonga sarpo kiydiring!
Shoh xazinaboni dehqonga sarpo kiydiribdi.
Dehqon: - Qulluq, shohim, qulluq.
Dostları ilə paylaş: