Babayeva d. R


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
• Mustaqillik bayrami qachon nishonlanadi?
• Mustaqillik maydonida qanday inshootlar bor ekan?
• 
Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi?
• 
Kimning hikoyasi sizga yoqdi?
Mavzu у uzasidan savol va topshiriqlar
1. Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash.
2. Bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirish manbalarni
bilasizmi?
3. M.Montessori pedagogikasining asosiy tamoyillarini aytib bering?
4. Bolalar o ‘rtasidagi keskin vaziyatlar va kelishmovchiliklami
qanday hal qilish mumkin?
5. Bolalar nutqini rivojlantirish qaysi texnologiyalarga asoslanadi?
292


ll-12-§. Badiiy asarni sahnalashtirish turlari
va uni ko‘rsatish metodlari
Reja:
1. Badiiy asarni sahnalashtirishning о ‘ziga xos xususiyatlari.
2. Sahnalashtirilgan о ‘yinlar.
3. Badiiy asarni sahnalashtirib ко ‘rsatish usullari.
Tayanch tushunchalar: 
personaj, emotsional, ijodiy о ‘yinlar,
sahnalashtirilgan о ‘yinlar, siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitob-
lar, qurish-yasash о ‘yinlari
1. 
Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyat­
lari. 
Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalaming mustaqil ijodiy o‘yin 
turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga 
bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti- 
harakatlarini boshqara olish, boshqalaming harakatlari bilan hisobla- 
shish kabi ijobiy ma’naviy xislatlami shakllanti 'adi.
Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jamyoniga kirib boradi- 
lar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador 
bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi 
ijobiy fazilatlami o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bo­
lalaming nutq faolligi, lug‘at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagi- 
lardan bolalaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga 
olishni talab etadi.
Adabiy asarlami tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollaming soni (qancha ko‘p bo‘Isa, 
asar shuncha ahamiyatlidir).
4. Mazmuni yaxshi bo‘lishi bilan birga, unda harakat turlarining 
ham ko‘p bo‘lishi.
5. Ifodali o‘qishga mos bo‘lishi.
6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i zarur.
293


Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko‘radilar. Ma- 
salan, «Sholg‘om», «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq» va boshqa­
lar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda (qo‘g‘irchoq, 
soya, soya teatri orqali) sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asami eslab qolishlari uchun uni qayta qo‘yib berish, sahnada 
ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Sa'hnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davom etishi 
uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g‘ri rahbarlik qilinishi 
kerak. Kattalar o‘yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalaming 
xatti-hamkatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. 
o‘yinda.faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag‘batlantirilib, kelgu- 
sida qaysi asarlami sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar.
Bolaliming ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qu­
rilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlaming roli kattadir. Peda- 
goglardai Z.V. Lishtvan, V.G. Nechayeva o‘z tadqiqotlarida qurish- 
yasash о yinlarining o‘ziga xos tomonlari va ahamiyatini yoritib ber- 
ganlar. I olalar nashriyotlari badiiy asarlami sahnalashtirish uchun 
xalq erta dariga siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar kabi turli 
ko‘rinishdagi ko‘rgazmali qo‘llanmalami chop etmoqdalar.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin