Babayeva d. R


-rasm. 288 M U J A S S A M



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

5-rasm.
288


M U J A S S A M
M A SH G‘ U L O T
(Ona Vatan haqida suhbat)
I. Mashg‘uIotning maqsadi:
Bolalaming o‘z ona-Vataniga mehr-muhabbatlarini tarbiyalash, xalqpar- 
var, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. 0 ‘zbekistonning boyligi, ya’ni oltin 
koni, paxtasi, ipagi haqida olgan bilimlarini kengaytirish, j amoa a’zolarining, 
oltin konida ishlayotgan ishchilaming mehnati mashaqqatli ekanligi haqida 
tushuncha berish. Oddiy matematik tushunchalarni kengaytirish, o‘zbek 
xalqining mustaqilligi haqida tushuncha berish. 0 ‘zbekiston Respublika- 
sining bayrog‘i bilan tanishtirish. 0 ‘zbek milliy buyumlariga muhabbat- 
larini uyg‘otish. Naqsh elementlarini badiiy did bilan chizishga o‘rgatish. 
Garimdori guli shakli chizilgan chiziq bo‘yicha qirqishga o‘rgatish malaka- 
larini o‘stirishni mustahkamlash, mehnatsevarlikni tarbiyalash.
II. Mashg‘uIotga tayyorlanish:
Bolalar soniga yetarli stol-stul, qog‘ozlar, mo‘yqalam, suv, salfet- 
ka, yelim, qaychilar tayyorlash.
III. Mashg‘ulotning tuzilishi:
1. Hafta kunlari, fasllar haqida suhbat.
2. 0 ‘zbekiston haqida so‘zlab berish.
3. O'zbekistonning poytaxti Toshkent haqida suhbat.
4. Pc‘lat Mo‘minning «Mustaqillik», « 0 ‘zbekiston», «Paxta» 
she’rlarini qaytarish.
5. Tasviriy faoliyatdan bilgan narsalarini chizdirish.
6. О ‘ zbekiston haqida maqol va qo ‘ shiqlar aytish.
7. Yakunlash.
IV. Mashg‘ulotning borishi:
Bolalarga maqol aytish bilan mashg‘ulotni boshlash.
1. Bulbul chamanni sevar, odam - Vatanni.
2. Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
- Bolalar, bugun haftaning qaysi kuni?
- Juma.
- To‘g‘ri, bugun haftaning juma kuni.
- Bolalar bir yilda necha fasl bor? (Bolalar javobi) to‘g‘ri.
- Hozir qaysi fasl? (javobi) to‘g‘ri.
- Kuz fasli haqida kim she’r aytib beradi? «Kuz» (Sh.Sa’dulla), 
«Kuz keldi» (Uyg‘un). Juda yaxshi.
289


- Bolalar siz yashayotgan o‘lkangizning nomi nima?
- 0 ‘zbekiston Respublikasi.
- To‘g‘ri.
Men hozir sizlarga 0 ‘zbekiston Respublikasi haqida so‘zlab bera- 
man (bolalarga 0 ‘zbekiston va uning markazi Toshkent shahri haqida 
so‘zlab berish). So‘ngra bolalarga 0 ‘zbekiston, mustaqillik haqidagi 
tushunchalami mustahkamlash uchun savollar berish.
1. Yaqinda qanday bayram bo‘ldi?
2. 0 ‘zbekistonning poytaxti qaysi shahar?
3. 0 ‘zbekistonning qaysi joyiga ekskursiya qilib bordingiz?
4. 0 ‘zbekistonning bayrog‘i qanday ranglardan iborat?
5. Qaysi madrasalami bilasiz?
6. Qaysi mehmonxonalami bilasiz?
Bolalar, hozir o‘zingiz xohlagan rasrnni chizasiz, bo‘yaysiz.
Bolalarni mashg‘ulot davomida rag‘batlantirib borish, so‘ngra 
do‘ppi yasagan boladan do‘ppi haqida she ’r aytishni so‘rash.
«Do‘ppi kivgan bola» Ю атЬаг О tavev she’ri).
Do‘ppisini kashtasida
Aks etadi to‘lin oy,
Teppasida nur sochib
Tutar go‘yo so‘lim oy. 
!
Do‘ppi kiygan bolaning
Yo‘llari erkinlikdir.
Do‘ppi kiygan bolaning
Odobi qimmatlidir.
Juda yaxshi she’r aytding, rahmat (bolalar javoblari rag‘batlantiriladi).
Bolalar, siz chiroyli qilib, bayroq, paxta shaklini chizdingiz. Cha- 
manda gul qilib do‘ppini naqshlar bilan bezatdingiz. Gul va naqsh- 
lami qirqib, do‘ppiga yopishtirdingiz.
Rahmat, bolajonlarim. Endi qo‘shiq eshitamiz (agarda vaqt qo‘lsa «Xo- 
lam mehmonga keldilar» xalq milliy o‘yinini o‘ynash bilan yakunlash).
«Mustaqillik maydoni - tinchlik ramzi» nomli surat asosida 
hikoya tuzish:
Maqsad: Bolalarni surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, surat- 
dagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab tuzishga o‘rgatish, suh-
290


bat paytida faol ishtirok etishga undash, suratda aks ettirilgan voqealami 
izchil bayon qilish, mavzu bo‘yicha berilgan savollarga tushunib, qisqa 
va to‘liq javob berish, o‘rtoqlarining berayotgan javoblariga e’tibor be­
rish malakasini takomillashtirish. Suhbat davomida bolalar qalbida Mil­
liy Armiyaga nisbatan muhabbat, milliy g‘urur hissini tarbiyalash.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin