Babayeva d. R


Sensor rivojlanish mini-muhitida



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Sensor rivojlanish mini-muhitida 
M.Montessori tavsiya et- 
gan jihozlardan boshqa ta’limiy jihozlar: B. Nikitinning «Naqsh 
yasa», «Uni-kub», «Qirqma kvadrat» kabi jihozlarini va tmli-tu- 
man o‘yinlarni taklif etish mumkin. Bu yerga mualliflik jihozlarini

joylashtirish mumkin. Masalan: Ko‘rishni taraqqiy ettirish vchun 
turli ranglardan tashkil topgan spektrlar, rangli tiniq plastik jadval- 
lar, bo‘yoqlami aralashtirish uchun jihozlar va boshqalardan fo\ dala- 
nish mumkin. Bu muhitda bolalar rangli «yo‘lakchalami» yasaydilar, 
ya’ni eng to‘q rangdan eng och rangga tomon yo‘nalib boradilat.
Eshitish sezgisini taraqqiy ettirish uchun «Jaranglaydigan 
qutichalar»dan foydalanishlari (korobkachalar ichiga toshlar, raetall 
sharchalar solinadi), musiqa asbobida o‘ynashlari mumkin.
Harakat sezgisini taraqqiy ettirish uchun shunday jihozlami 
joylashtirish lozimki, ular barmoqlaming mayda qo‘l motorikasini 
shakllantirishga yordam bersin (qisqichlar, turli-tuman mozaikalar, 
turli hajmdagi qurish-yasash jihozlari);
Sezgi organlarini taraqqiy ettirish uchun yuzasi har xil kartochka- 
lar va matolar, «His etish qopchasi», g‘adir-budir harflar, raqamlardan 
foydalanish mumkin. Bolalar xohlasalar ko‘zlarini yumib ishlashlari, 
maxsus ko‘zoynaklar taqqan holda notekis yuzalikni qo‘l bilan his 
qilishlari, nimadan yasalganini aniqlashlari va tartib bilan joylashti- 
rishlari mumkin.
Ta’m va hid bilishni ajratish uchun alohida jihozlar mavjud 
bo‘lishi mumkin.
281


«Bola va notanish odamlar».
Insonlar kiyimi va ulaming niyatlarining bir-biriga mos kelmasligi. 
Pedagog bolalarga notanish kimsalar bilan muloqotda bo‘lish 
qanchalik xavfli ekanligini, chunki bolalar kattalaming qanchalik 
xavfli bo‘lishlari mumkinligini bilmasliklari mumkin. Ko‘pchilik 
bolalaming tasawurida yomon odamlar faqat yomon kiyim-bosh ki- 
yishlari yoki pala-partish kiyinishlari mumkin deb o‘ylaydilar. Ba’zi 
bir bolalar avvalambor soqolli, iflos kimsalargina xavf tug‘dirishi, 
yaxshi kiyingan, kelishgan ayollar, qizlar va o‘smirlar, har qanday 
ochiq chehrali, do‘stona kulgisi bor insonlar hech qanday yomonlik 
qilishi mumkin emas,- deb o‘ylaydilar. Shuning uchun bolalar bilan 
ko'pincha yaxshi kiyingan odamlar va ulaming niyatlari mos kelmas­
ligi haqida suhbat uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Kichik va o‘rta maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tanish er- 
taklar va adabiy asarlardan namunalar keltirish lozim (masalan: Gu- 
loyim chuvrindi kiyimlarga burkangan, qora kuya bilan chaplangan 
bo‘lsada, u juda mehribon ekanligini; «Qizil gul» ertagidagi mavju- 
dot sehrlangaa mehribon shahzoda ekanligini bilishadi).
Katta maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan esa o‘z hayot 
tajribalaridan misollar keltirib suhbat uyushtirish katta samara beradi. 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin