Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan
qayt-
gan ayollar sigir sog‘ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o‘t yo-
qib, tog‘oradan toshay-toshay deb turgan xamirdan non yasab, sutga
yo‘g‘rilgan issiq, bo‘rsildoq nonlami tandirdan uzib oladi.
Qishloq
hayoti ana shunday, issiq, bo‘rsildoq non
hidi ufiirgan oppoq tong
bilan boshlanadi».
Ravshan.
«Olmalar gullaganda bog‘ juda chiroyli bo‘lib ketadi.
Quyosh nurini olmoqchi bo‘lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan.
Shabada turib, olma gullarini silab-siypalaydi. Shunda olma gullari
kuylagandek bo‘ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabada tinadi. Go‘yo
butun bog‘ kuylagandek bo‘ladi. Asalarilar gullagan bog‘
tepasida
g ‘ujg‘on o‘ynaydi.
Yuqoridagi hikoyalardan ko‘rinib turibdiki,
ona tilining hissiy,
estetik ma’no qirralarini bir vaqtning o‘zida anglay boradilar, til
go‘zalligini, boyligmi his etadilar.
2.
Dostları ilə paylaş: