Babayeva d. R


Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi. 
Badiiy adabiyot 
va xalq og‘zaki ijodiyotiga oid asarlar, shu jumladan kichik folk- 
lor janrlari (maqoUar, matallar, topishmoqlar, tez aytishlar, sanoq 
she’rlar va boshq.) bolalar nutqining ifodaliligini rivojlantirishning 
eng muhim manbai.iri hisoblanadi.
Agardaatrofidag kattalarbolani beshikdan boshlab to‘g‘ri so‘zlashga 
o‘rgatsalar, u intelkktual jihatdan normal rivojlanadi. Unda tasawur 
qilish, so‘ngra fikrlash va xayol surish qobiliyati paydo bo‘ladi. Har 
bir yosh bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellek- 
tining rivojlanishi bilan bir vaqtda uning emotsional-iroda sohasi ham 
takomillashib boradi. Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday ri- 
vojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks 
ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Bolaning taraqqiyot jarayoni faqat o‘yin orqali olib borilmay, 
balki qo‘llar harakati orqali ham olib borilishi mumkin. Bunga biz 
alohida ahamiyat beramiz. M.Montessori pedagogikasining asosiy ta- 
moyillaridan biri - «Barmoqlar uchining harakati inson intellektining 
taraqqiyot qurolidir». Shu tamoyil asosida bolalar turli narsalaming 
xususiyatlarini: masalan shakami, tuzni, melni, unni suvga solib, bu 
narsalaming erib ketishini bilib oladilar. Ular oyoq kiyimlarini krem
280


bilan tozalaydilar, uni yaltiraguncha artadilar, plastmassa pinsetdan 
foydalanishni o‘rganadilar, paxtani rulondan ajratib olish orqali bar- 
moqlarini harakatga keltiradilar va mashq qildiradilar, xamir bilan 
ishlashni, sabzavotlami kesishni, mahsulotlaming xususiyatlarini va 
sifatlarini to‘g‘ri aytishni o‘rganadilar. To‘rlar yordamida bola yor- 
mani guruchdan ajrata olishni o‘rganadi va uni boshqa idishlarga 
joylashtiradi. Bu jarayonlar bolaning ko‘z bilan chamalash, diqqatni 
jamlash, irodasini taraqqiy ettirishga yordam beradi. Agar bola ni- 
manidir to‘kib yuborsa yoki sochib yuborsa, shu yeming o‘zida bola­
ning o‘zi sochiq bilan yoki supurgi va hokandozda uni tozalab olishni 
bilishi lozim.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin