Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Sadriddin: 
Biz besh qavatli turar joy binosini qurib bitirdik. 
To‘qqiz qavatjik qurmadik, sababi liftlar tez-tez ishlamay qolib, bu- 
valarimiz, buvilarimiz chiqishga qiynaladilar. Uyimizning kirish joy- 
larini, mehmonxona va yotoqxonalarini, bolalar xonasini ham keng- 
keng qilib qurdik. Hovlisida turli bolalar maydonchasi bor. Gulzorlar- 
ga joy ajratdik. To‘yxonamiz ham bor. Keyin har bir xonadon uchun 
mevali bog‘chaga ham joy ajratdik. Yozda, issiqda daraxtlar soyasida 
hordiq chiqariladi. Bog‘cha va do‘konni uyimizga yaqin joyga qurdik.
Lutfiniso: 
To‘g‘ri, bog‘cha turar joylarga yaqin bo‘lgani yax- 
shi. Biz maslahatlashib, bog‘chani turar joylarga yaqin qurdik. 
Bog‘chamizning hovlisi keng, ko‘rkam, soya-salqin boiishiga, o‘yin 
maydonlariga e’tibor berdik, ya’ni rasmdagidan o‘zgartirdik.
278


Sojida: 
Biz ham do‘konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ish- 
dan qaytayotganda bizni bog‘chadan olib, do‘kondan xarid qilib, 
shundoq uyimizga kirib ketaveradilar.
Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy, hayotiy yondoshadilar 
va bu ijodkorlik ulaming nutqida o‘z ifodasini topadi. Shunisi ham 
borki, yuqorida bayon etayotgan monologik nutq usullarining har biri 
alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi hikoyalarga qo'shilib ketib, 
ijodiy, erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin.
Buni biz kundalik faoliyatda bolalar to‘qigan hikoyalar turkumi- 
dan bilsak bo‘ladi. Bolalar to‘qigan ertak va hikoyalarda o‘zlariga 
xos o‘y-xayollari, orzu-istaklari, tasawurlari murg‘ak qalbdan tilga 
ko‘chadi.
Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalaming ba’zilarini na- 
muna tarzida keltiramiz:
Ruxsora. 
«Mening dadam xurmo ko‘chati olib kelib, bahorda hov- 
limizga o‘tqazgan edilar. Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman. 
Hozir men ham, xurmo daraxti ham o‘sdik. Uning barglari juda chiroy- 
li. Yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi 
esa mazali. Mevasini uzganimizdan so‘ng biz qarindosiilarimizga, 
qo‘shnilarimizga tarqatdik. Ayniqsa, buvam va buvim duo qildilar: 
«Xurmo jannatning mevasi. Uni ardoqlang, kam bo‘lmaysiz». Bu yil 
dadam daraxtlami ko‘paytirmoqchilar».

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin