Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Vazifalar:
• 
«Mustaqillik bayrami», «Mustaqillik maydoni» mavzularida 
lug‘atni faollashtirish.
• Voqea-hodisalaming muhim belgilarini ajratishga, solishtirish- 
ga va umumlashtirishga, ulami ifodalash uchun aniq so‘zlami 
tanlashga o'rgatish.
• Bog‘lanishli nutq-hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.
• Nutqning ifodaliligim tarbiyalash.
Kutilayotgan natijalar:
• Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan 
oldingi voqealami mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar.
• Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi.
Bolalar bilimlarini kehgaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok
etishga moMjallangan interfaol usullar:
• Aqliy hujum 
5
• Qisqa hikoya
• Savol-javob
• Tetiklashtimvchi mar.hqlar
Kerakli jihozlar:
«Mustaqillik maydoni- tinchlik ratnzi» surati.
Mashg‘ulotning borishi. 
Surat ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha 
suhbat o‘tkaziladi.
-
Bolalar, Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayra­
mi nishonlanadi. Bayram kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
xalqimizni bayram bilan tabriklaydilar. So‘ng maydonda tomosha 
bo‘ladi. Bolalar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Hozir biz «Musta­
qillik maydoni - tinchlik ramzi» nomli suratni ко‘rib, surat bo‘yicha 
hikoya tuzishni o‘rganamiz. Suratga diqqat bilan qarang.
• 
Suratda kimlar tasvirlangan?
• Bolalar qiyofasida qanday holat ifodalangan?
291


• 
Bayram tantanasida siz ham ishtirok etdingizmi?
• 
Bayramda nimalami ko‘rdingiz?
• Mustaqillik maydonida qanday inshootlami ko‘ryapsiz? 
(«Baxtiyor ona» haykali, favvoralar, ark, laylaklar)
• 
Laylaklar qanday ma’noni ifodalaydi? (Tinchlik ramzini)
Jismoniy daqiqa
4 ta joyga doira chiziladi, har bir doiraga bittadan faslning belgisi 
chiziladi, o‘rtada bolalar turadi. Tarbiyachi «Kuz» desa, bolalar kuz 
belgisi bor doiraga, «Yoz» desa yoz belgisi bor doira ichiga kirib tu- 
radilar. 0 ‘yin shu tarzda davom etadi.
Tarbiyachi jismoniyrdaqiqadan so‘ng: kelinglar, endi surat asosida 
hikoya tuzamiz (5-6 ta bola hikoyalari tinglanadi).
Mashg‘ulot yakunida,tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: 
bolalar, biz Vatanimizda har yili 1-sentabr kuni mustaqillik bayrami 
bo‘lishi, bayram kuni Q‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqimizni 
bayram bilan tabriklashi, so‘ng maydonda tomoshalar bolishi haqida 
suhbatlashib oldik. Surat orqali Mustaqillik maydoni haqida tushun- 
chaga ega bo‘ldik. Hammangjz bayramni qanday o‘tkazganingizni ga- 
pirib berdingiz. Bayram hammangizga quvonch olib kelganidan men 
xur sandman. Doimo shunday xursand bo‘lib yuring.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin