d) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash;
e) tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
f) tovushlami eshitishda farqlashga o‘rgatish.
Tayyorlov
guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash
yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limi 2-bosqichi -
asosiy davrida
(oktabr-may) quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish.
2. Kesma harflar yordamida tovush-harf
tahlil va sintezi
bo‘yicha mashqlami bajarishga o‘rgatib borish;
3. Bo‘g‘in o‘qish;
4. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlami tuzish va ulami
bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.
Tayyorlov guruhlarida yil davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma-ketlikda olib borilishi kerak.
Mashg‘ulotlar ishlanmasida
mavzuning maqsad-vazifalari, kuti-
layotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yo-
riti'adi. Mashg‘ulot mavzulari
bolalar uchun tushunarli, amaliy ish
lar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos,
qiziqarli va turli
bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini
tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar
(yig‘ish, terish), amaliy ishlami bajarib,
alifbeni bilib, bo‘g‘inlami
o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi.
Dostları ilə paylaş: