Babayeva d. R


Bolalarni turli faoliyat yo4na!ishlarida savodga o‘rgatishga



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Bolalarni turli faoliyat yo4na!ishlarida savodga o‘rgatishga
tayyorlash. 
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga 
yordam beradi, buning asosida ш ing bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng 
oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, 
muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik 
ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bogiiq bilimlar, malaka, 
ko‘nikmalami o‘zlashtiradi, shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va 
shaxs xususiyatlari shakllanadi.
Bolaning faoliyatdagi mavqei uni faqat tarbiya obyektiga emas, 
shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantiradi. Bu bolani tarbi­
yalash va rivoj lantirishda faoliyatning yetakchilik rolini belgilaydi. 
Bolalaming rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan bog‘liq 
davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir 
ko‘rsatadi, lekin bunda ulaming roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bos­
qichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojla- 
nishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, 
sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga 
oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy 
ma’lumotlaming dalolat berishicha, bola ulami darhol emas, balki 
asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola
301


faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat 
oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiya va ta’lim sharoitla- 
riga bog‘liq, bo‘ladi.
Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy 
turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi nar- 
salarga munosabatini shakllantirishning asosi hisoblanadi.
0 ‘zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlami bolalar 
xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bulaming hammasi 
bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi 
mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, 
maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bo- 
laga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o‘qish bo'lib qoladi va uni 
bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. 
Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va teng- 
doshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi na-zardan - maktab 
o‘quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart qi?ib qo‘yadi. Bola 
faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalaming uning xulq-atvoriga va 
faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talabla- 
rini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy 
tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilg in bo‘ladi. Odam- 
laming ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, ahloqda va 
hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi 
faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida 
katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati 
ana shunday shakllanadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin