Babayeva d. R


  Tarbiyachi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. 
Tarbiyachi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning
zarurligi. 
0 ‘qituvchi - tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berish 
uchun, awalo, murabbiyning o‘zi chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak.
Bolalaming nutq madaniyati pedagogning (va boshqa kattalar- 
ning) nutq madaniyatiga bevosita bogiiq bo‘ladi.
Doimo kichkintoylaming diqqat-e’tibori markazida turadigan va 
ular bilan muloqot qiladigan tarbiyachining nutqi bolalar ona tili, nutq 
madaniyati namunalarini oladigan asosiy manba hisoblanadi, shuning 
uchun u nafaqat to‘g‘ri so‘zlashi, ona tilining barcha tovushlarini aniq va 
tushunarli qilib talafiiiz etishi, balki u muayyan balandlikdagi ovozda bo- 
siqlikbilan so‘zlashi, uning nutqi intonatsion jihatdan ifodali, grammatik 
jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan, ravon, tushunish uchun oson bo‘lishi 
hamda so‘z bilan belgilash to‘g‘ri va aniq amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyachining ifodalilik vositalaridan foydalangan holda o‘qigan 
hikoyasi boklarda qiziqish uyg‘otadi, ularda qayg‘urish, so‘z kuchini 
his qilish, uring mazmunini anchagacha yodda saqlab qolish imko- 
nini beradi; sgarda aynan shu hikoya tez va quruq ohangda his-haya- 
jonlarsiz o‘qib berilsa, u faqatgina badiiy asarga nisbatan zerikish va 
befarqlikni shakllantiradi.
Pedagog o‘z nutqiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishi 
va unda kamchiliklar borligini sezsa, ulami darhol bartaraf etishga 
intilmog‘i lozim.
Biroq o‘z nutqining kamchiligini aniqlash har doim ham oson kech- 
maydi, chunki muloqot jarayonida so‘zlovchining diqqat-e’tibori eng av- 
valo nutqning shakliga emas (qay tarzda aytish), balki uning mazmuniga 
(nimani aytish) qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘z nutqiga nisbatan 
beparvolik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ayrim kamchiliklar tilga 
qattiq o‘mashib qolishi va keyinchalik so‘zlovchi uni sezmay qolishi 
mumkin. Masalan, nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohang- 
daligi (monotonligi), ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar, so‘zlami no- 
aniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar sezilmasdan qoladi.
313


0 ‘z nutqining nomukammalliklari haqida bilish uchun pedagog 
o‘z o‘rtoqlarining mulohazalariga quloq tutishi darkor. Ochiq darslar- 
ni videokassetaga yozib olish va uni keyin muhokama qilish maqsad­
ga muvofiqdir. Shunda tarbiyachi nutqini tovush, leksik vositalardan 
foydalanish, grammatik jihatdan rasmiylashtirish nuqtayi nazaridan 
tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda shuni hisobga olish lozimki nutqni yozib olish 
chog‘ida tarbiyachining o‘zini-o‘zini nazorat qilishi evaziga nutq si- 
fati yaxshilanadi. Shuning uchun nutqda aniqlangan kamchiliklarga 
tarbiyachining o‘zi va uning o‘rtoqlari diqqat-e’tibor bilan yonda- 
shishlari zarur.
Nutqda aniqlangan kamchilik(nomukammalliklar)lami (yomon 
diksiya, leksik-grammatik rasmiylashtirishdagi xatoliklar va h.k.) tar­
biyachi maxsus daftarga qayd etadi, so‘ngra reja ishlab chiqadi va 
kamchiliklami bartaraf etishga doir ishlami tashkil qiladi.
Ocz tarbiyalanuvchilarida ana shunday kamchiliklar paydo 
bo‘lishining oldini olish uchun pedagog o‘z nutqiga nisbatan qanday 
talablami qo‘yishi zarur?
Bolalar aniq va tushunarli so‘zlaydigan, iboralar, so‘zlar va har bir 
tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya’ni yaxshi diksi- 
yaga ega bo‘lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlami muvaf- 
faqiyatli ravishda o‘zlashtiradilar. Ko‘pincha pedagoglaming talaf- 
fuzi biroz noaniq va tushunargiz bo‘ladi, ular tovushlar va so‘zlami 
og‘izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar 
yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me’yorlariga rioya qilishi, o‘z nut- 
qida turli shevalar, mahalliy so‘zlashuvlar ta’sirini bartaraf etishi, 
so‘zlarda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishi lozim.
Nutqda hissiyotlar, fikrlaming eng nozik qirralarini ham ifodalash 
mumkin. Bunga nafaqat tegishli so‘zlar yordamida, balki ifodalilikning 
intonatsion vositalari, ovoz kuchi, sur’ati, mantiqiy urg‘usi, pauza, ritm, 
tembr, ohangdan to‘g‘ri foydalanish tufayli erishiladi. Ushbu vosita­
lardan foydalanilganda tarbiyachi tomonidan bolalarga o‘qib berilgan 
she’rlar, ertaklar, hikoyalar ulaming mazmunini yaxshi tushunish, ona 
tilining qudrati va go‘zalligini his qilish imkonini beradi.
314


Bir xil ohangdagi nutq kichik tinglovchilami toliqtirib qo‘yadi, 
matn mazmuniga bo‘lgan qiziqishni pasaytiradi. Bolalar bunday nutqni 
tinglash davomida tez toliqib qoladilar, boshqa tomonlarga qaraydilar, 
chalg'iy boshlaydilar, keyinroq esa umuman tinglamay qo‘yadilar.
Tovush apparati uch bo‘limdan iborat: generator, energetik, rezonator.
Tovushning hosil bolishi:
1. Bu tovush kuchi bilan bog‘liq (nutq apparati organlari bilan 
bog‘liq).
2. Tovush j arangdorligi (tovush jarangdorligini turli masofalarga 
yuborib baland pastligini o‘zgartirish).
3. Tovushning egiluvchanligi va harakatchanligi (tovushni 
o'zgartira olishi, tovushning baland-pastligi).
4. Diapazon-tovushning hajmi (chegarasi eng baland va eng 
pastki ton bilan belgidir).
5. Tembr-tovushning yaqinligi, yumshoqligi, silliqligi, xususiy- 
ligi. Tovush apparatining charchashi, tovushda b o lg rn nuq- 
sonlar va buzilishlar orqali yuzaga keladi. 
;
Chunki pedagog 50 foiz ish vaqtida oddiy so‘zlaskishdan 
yuqoriroq-balandroq tonda gapiradi. Shuning uchun ish jsdvalini 
tuzishda rahbariyat 3-4 soat ichida tarbiyachi charchab, 1 soa ichida 
tovush tiklanishini hisobga olishi kerak. Tajribali o‘qituvchi 2 soatda 
charchaydi va yana 2 soat dam olingach tovush yangitdan tiklanadi.
Monoton nutq tovush apparatini charchatadi. Changdan o‘zini 
saqlash va sovuq havoda yurmaslik kerak.
Diksiya - so‘zlarni, tovushlami, bo‘g‘inlami unli va undosh 
tovushlami (harflami) aniq va ravon talaffuz etilishidir. Nutqda 
organik va noorganik kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Diksiyani 
takomillashtirish Monoton nutq bilan bog‘liq. Nutqdagi kam- 
chiliklami to‘g‘irlash uchun ifodali o‘qish bo‘yicha adabiyot 
qo‘llanmalaridan foydalanish mumkin.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin