«D» tovushini talaffuz qilaman,
«D» to-
vushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi
«D» tovushining
hosil bo‘lishini tushuntiradi. «D» tovushi undosh tovushlar sirasiga
kirishi qayd etiladi.
«D» tovushining xususiyatlari quyidagi savollar
asosida bolalardan so‘raladi:
«D» tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
«D» undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil
qiladi.
«D» tovushining talaffuzi o‘rgatiladi.
«D» tovushining so‘z
boshida
(don, deraza, dutor), o‘rtasida
(O-dil, A-do-lat)) kelishi
haqida, so‘zlami bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovush-
lami ajratish,
«D» tovushi so‘zning qaysi o‘mida kelganini aniq-
latish orqali tushuncha beriladi. Shundan so‘ng kesma
«Dd» harflari
harf kassasiga qo‘yiladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar: «Kapalaklar» 0 ‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar, qaranglar-a, qanday chiroyli ka
palaklar, ko‘k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi.
Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ulami puflaydi). Qaranglar,
uchib ketishdi. Qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi, kimniki uzoqqa
uchar ekan?”
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib
qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
0 ‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalaming to‘g‘ri
turishiga, nafas olganlarida yelkalarining ko‘tarilmasligiga ahami-
yat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan
turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan
bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus
qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak.
307
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan «D»
harfini yasaymiz. Buning uchun «D» harfining shakliga diqqat bilan
qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.