Umumiy majlisda ota-onalami maktabgacha ta’lim yoshidagi bo-
lalami har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yil-
gi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or
tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki
metodist-
tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapi-
rishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq
va kamchiliklami aniqlab
olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi,
ota-onalaming o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi,
ularda maktabgacha ta’lim muassasasiga qiziqish uyg‘onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalaming ota-
onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.
Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya be-
rishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta guruhda o‘tkaziladigan majlisda bu
mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash-
da ta’lim muassasalari va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda
kattalarga hurmatni tarbiyalash» va hokazo bolishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani,
bolalar ishini, tegishli
mavzudagi
kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib
olib borish
mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘risidagi
misollardan foydalan-
ganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlami gapi-
rishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan
chetga chiqmaslik, tanqid qi-
linuvchilaming nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar
majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazili-
shi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklami bartaraf etish bo‘yicha
aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida o‘tkaziladigan gumh
majlisida ota-onalarga bir
yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yil
ning rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham
hisobot beradilar va faollaming yangi tarkibi saylanadi.
Dostları ilə paylaş: