Yuqoridagi ishlami rejalashtirish, tashkil etish va
ularga rahbarlik
qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pe
dagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy
majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni, suhbat va
maslahatlar,
otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib
berish, shuningdek, bu tadbirlami o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul
bo‘lgan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mavzulari va mazmu-
ni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar reja-
sida aks etadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p
ishlami tarbiyachi -
pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan
o‘zgarishlami hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan
yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida ko‘proq
nimalarga e’tibor berish kerakligi, ulami maktab ta’limiga
tayyor-
lash, sog‘lig‘ini saqlash, ovcati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va
boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.
2.
Maktabgacha ta’Iimnuassasasining ota- onalar bilan ham-
korlikdagi ishlar mazmuni.
Ta’lim muassasalari va oiia o‘rtasida hamkorlik o‘matishda mudira,
pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim.
Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foy-
dalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalami
maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif etish, alohida esdaliklar va
ko‘chma papkalardan foydalanish.
Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad oila sharoiti, bola-
ning
oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan ta-
nishish, shuningdek, ota-onalami bola tarbiyasining samarali usullari
bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalami
o‘rganib, ommalashtirishdir.
Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st,
bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi,
oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik
bilan munosabatda
321
bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan aw al o‘z
oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini ol-
dindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta
o‘ylangan bo‘lishi kerak.
Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-bir-
larini
yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘matilishi
darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to;g‘risida (ota-
onalaming fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish da-
rajasi) to‘g‘risida ma’lum tasawurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi
ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun aw al ota-onalar-
ning bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr,
mulohazalarini bilib
oladi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga
nimalami o‘qib, hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni
oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi
ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan isbida bolaning
yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va
hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarb yachi har bir
bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak. .
Ota-onalar bilan olib.boriladigan ishlaming mazmum rang-barang
bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qiunishi taqozo
etiladi. Masalan:
•
bolalarni
tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming vazifasi,
bolalarni maktabga tayyorlash to‘g‘risidagi qonunlar;
•
maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi
to‘g‘risida;
•
ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular
jumlasidandir.
Bu masalalami jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalar-
ning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-
onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.
Dostları ilə paylaş: