Babayeva d. R


«D»  tovushini talaffuz qilaman,  «D»



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

«D» 
tovushini talaffuz qilaman, 
«D» 
to- 
vushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi 
«D» 
tovushining 
hosil bo‘lishini tushuntiradi. «D» tovushi undosh tovushlar sirasiga 
kirishi qayd etiladi. 
«D» 
tovushining xususiyatlari quyidagi savollar 
asosida bolalardan so‘raladi:
«D» 
tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
«D» 
undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil 
qiladi.
«D» 
tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. 
«D» 
tovushining so‘z 
boshida 
(don, deraza, dutor), 
o‘rtasida 
(O-dil, A-do-lat)) 
kelishi 
haqida, so‘zlami bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovush- 
lami ajratish, 
«D» 
tovushi so‘zning qaysi o‘mida kelganini aniq- 
latish orqali tushuncha beriladi. Shundan so‘ng kesma 
«Dd» 
harflari 
harf kassasiga qo‘yiladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar:
«Kapalaklar»
0 ‘yinning mazmuni: 
Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar, qaranglar-a, qanday chiroyli ka­
palaklar, ko‘k, sariq, qizil! Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. 
Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ulami puflaydi). Qaranglar, 
uchib ketishdi. Qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi, kimniki uzoqqa 
uchar ekan?”
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib 
qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
0 ‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalaming to‘g‘ri 
turishiga, nafas olganlarida yelkalarining ko‘tarilmasligiga ahami- 
yat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan 
turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan 
bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus 
qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak.
307


Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan «D» 
harfini yasaymiz. Buning uchun «D» harfining shakliga diqqat bilan 
qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin