Babayeva d. R


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Bolalarda о ‘qish, yozish va ularda mavzusga qiziqish uyg ‘otish
jarayoni qanday amalga oshiriladi?
2. Bolalami turli faoliyat yo ‘nalishlarida savodga о ‘rgatishga
tayyorlash jarayoni haqida nimaami bilasiz?
3. Bola nutqini rivojlanganligini aniqlashning asosiy davrida
(oktabr-may) qanday ishlar olib boriladi?
4. Bolalar nutqini о ‘stirish va savodga tayyorgarlik uchun qan­
day ishlar amalgam oshiriladi?
5. Bolalar nutqini о ‘stirish va savodga tayyorgarlik davrida qan­
day ishlar olib boriladi?
309


15-16-§. Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan
pedagogik talablar
Reja:
1. Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to'g'ri rivojlantirish uchun
namuna ekanligi.
2. Tarbiyachi nutqiga qo ‘yilgan pedagogik talablar.
3. Tarbiyachi o ‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning
zarurligi.
4. Tarbiyach: nutqining ta sirchanliligi va ifodaliligi.
Tayanch tushunchalar: 
ilg'or tajribali, tabiatga qiziqish,
haqiqatgo ‘ylik, madaniyatli munosabat, madaniy axloq, texnikaviy
vositalar, murakkab oborotlar, ritmika, monoton nutq, pauza, ritm,
tembr, ohang, sh-zva, mahalliy so ‘zlashuv, diksiya, ibora, nutqning
shoshqaloqligi.
1. 
Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish
uchun namuna ekanligi. 
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik 
hayotda, o‘yinla da, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoli- 
yatida va ular biim bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har 
bir bolani diqqa- bilan o ‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini
qobiliyatlarini b;lishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bo- 
lalaming xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, 
ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan 
qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlari- 
dan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi, o‘z kasbini 
sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan o‘qituvchi -
tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Pedagog - tar­
biyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki, u 
o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi 
zarur. Predmeti va uning nazariyasini chuqur bilishi, bolalarni 
bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog - tarbiya- 
chining obro‘sini oshiradi. Bolalarni sevish, ularning hayoti bi­
lan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilish tarbiyachi kasbiga xos
310


bo‘lgan muhim fazilatlardan, talablaridan hisoblanadi. Bolani sev- 
gan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq 
fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqi- 
qiy tarbiyachi pedagog bo‘la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi 
bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy 
pedagog - tarbichi bo‘la olmaydi.
Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va 
yengil qiladi. 0 ‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati peda- 
gogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir 
qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonch- 
ni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy 
bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining 
mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik 
mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: 
pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasawur, diqqatni taqsimlash, 
tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik 
qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoli- 
yatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat - yosh 
avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda 
takomiliashtirib borish san’atidir.
2. 
Tarbiyachi nutqiga qo‘yilgan pedagogik talablar. Tarbiya­
chi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, katta- 
laming mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, 
ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli 
munosabatda bo‘lish, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kam- 
tarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuv­
chanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnat- 
sevarlik, kattalaming mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy 
sifatlami tarbiyalaydi.
Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, 
san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib 
boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va 
ko‘nikmalami ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni 
tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga crishadi.
311


Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi boiish uchun maxsus tayyor- 
garlik ko‘rishi, quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, 
kerakli bilimlami egallab, kerakli adabiyotlami tanlay oladi- 
gan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali 
pedagoglaming tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladi­
gan kishi bo‘lishi kerak.
2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ulaming xulqi, xatti-hara- 
kati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi 
vositalami topa olishi kerak.
3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabar- 
dor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, 
ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalar- 
dan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, 
ko‘nikmalami yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashti- 
ruvchi savollardan foydalani?hi kerak.
4. Tarbiyachi о ‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda 
faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ulaming diqqatini 
jalb qilib, faolligini o‘stirish, wlalarning xulqini, xatti-haraka- 
tini haqqoniy baholay olishi kerak.
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallami oldindan tayyorlab 
qo‘yishi kerak.
6. Kun tartibini to ‘g ‘i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga 
undagi har bir a’zoni e ’tiborga olgan holda rahbarlik qila 
bilish.
7. Bolalaming ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni 
bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida 
e’tiborga olishi lozim.
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, 
uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashib turishi kerak.
9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo‘lishi, 
har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo‘Isa, tinch- 
lantira olishi kerak.
10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi 
va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.
312


Eng muhimi, tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ulaming 
mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi 
va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. 
Buni bolalar yuqori baholaydilar.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin