Babayeva d. R


 Tarbiyachi nutqining ta’sirchanliligi va ifodaliligi



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

4. Tarbiyachi nutqining ta’sirchanliligi va ifodaliligi.
Tarbiyachining nutqi emotsional to‘liq, intonatsiyalarga boy, yetar- 
li darajada baland va tezligi bir maromda bo‘lishi lozim. Bolalar bilan 
muloqotda xuddi tovushlami noto‘g‘ri talaffuz etib boMmaganidck
nutqning shoshqaloqligiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda nutq biroz
315


ohista sur’atda davom etsa, u yaxshi qabul qilinadi. Bunday sur’at 
nutqning aniqligini oshiradi va aksincha, tezlashtirilgan nutq qabul 
qilishni qiyinlashtiradi. Bolalar uchun moijallangan ertaklar, hikoya- 
lar, she’rlami badiiy so‘z ustalari odatda, og‘zaki nutqqa qaraganda 
biroz sekin sur’atda o‘qiydilar. Bolalarga sekinlashtirilgan nutqni qa­
bul qilish, uning mazmunini kuzatish, matnni eslab qolish oson kechadi.
Shu bilan birga esda tutish lozimki, bu qoida hamma narsani ham 
qamrab olmaydi. Badiiy asarlami o‘qishda nutqni jadallashtirish yoki 
sekinlashtirishni ushbu chog‘da mazmun tushuntirilayotgani bilan oqlash 
mumkin, ayni paytda bu badiiy ifodalilik vositasiga aylanishi zarur.
Ovoz - bu tarbiyachining kasbiy qurolidir, u mazkur quroldan 
to‘g‘ri foydalanishi va uni zo‘riqishdan asrashi lozim. Ovozdan 
noto‘g‘ri foydalanishni masalan, uning haddan tashqari balandlatish- 
da (guruhda, maydonda shovqin bo'lganida) ko‘rish mumkin.
Agarda muloqot vaziyati nutq balandligini ancha kuchaytirishni ta- 
lab qilsa, bu ovozni baqirish darajasiga yetkazish kerak, degani emas.
Ovozni tiroz kuchaytirishda nutq sur’atini pasaytirish va so‘zlami 
yanada aniqroq talafifuz qilish lozim. Agarda ovoz past va zaif bo‘Isa, 
uni balandlashgimcha mashq qildirish va maxsus mashqlar bilan mus- 
tahkamlash zarur. Ovozning yoqimsizligini (xirrilash, chiyillash) ham 
bartaraf etisii mumkin.
Bolalar kattalardan nafaqat tovushlar va so‘zlami to‘g‘ri talaffuz 
qilishni, ba; ki ertaklar, hikoyalar mazmunini aytib berish, atrof-olam 
haqidagi o‘z kuzatishlarini bayon qilish, o‘z fikrlarini izchil bayon 
qilish va xulosalar chiqarishni ham o‘rganadilar.
Bolalarga nutqda u yoki bu mazmunni ravon, qiziqarli va imkonli shakl- 
da yetkaza olish pedagog nutqining zarur sifatlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyachi o‘z fikrlarini izchil bayon qilar ekan, u o‘z nutqini tushu- 
narsiz so‘zlar, murakkab oborotlar, uzoq iboralar bilan qiyinlashtirib 
yubormasligi lozim.
Bolalar nutqni agarda, u qisqa iboralardan iborat bo‘lsagina yaxshi 
qabul qiladilar. Chunki uzun, buning ustiga grammatik jihatdan juda 
murakkab tuzilgan iboralarni qo‘llashda bolalarga uning qismlari 
o‘rtasida aloqa bog‘lash, uning mazmunini mulohaza qilish va tu- 
shunish qiyin kechadi.
316


Faqat oddiy gaplami qo‘llash bilan cheklanmaslik lozim. Ayniq- 
sa, bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gaplami keng 
qo‘llash juda muhimdir.
Bolalarga hikoya qilib berishda (o‘tkazilgan ekskursiya, tabiat 
haqida va h.k.) faqat asosiy narsani, ya’ni barcha ikkinchi darajali va 
ahamiyatsiz narsalami tashlab yuborgan holda faqat ushbu mavzuga 
aloqador narsalami ajratib olish va bolalarga yetkazish zarur. Ko‘p 
so‘zlash, ortiqcha iboralami qo‘llash tarbiyachining nutqini og‘ir, tu- 
shunish uchun qiyin qilib qo'yadi.
Murakkab so‘zlar bilan boyitilgan hikoyani tinglashda maktab- 
gacha yoshdagi bolalaming pedagogning fikrini kuzatib borishlari, 
hikoya mazmunini esda saqlab qolishlari qiyin bo‘ladi va bunday 
hikoya foyda keltirmaydi.
Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng awalo, 
so‘zlardan to‘g‘ri va aniq foydalanish orqali erishiladi. Ona tilining 
lug‘at zaxirasi boy, u doimo yangi so‘zlar bilan boyib boradi; muoma- 
ladan chiqqan so‘zlar yo‘qolib ketadi.
Tarbiyachining lug‘atidagi kamchiliklar sifatida so‘zlami 
kichraytirilgan-erkalash suffikslari bilan qo‘llash (Sevaraxon, 
qo‘lchalaringni yuv; Samatjon, stakanchalami yig‘ishtirib qo‘y va 
h.k.), nutqni ortiqcha so‘zlar bilan to‘ldirib yuborish (Xo‘sh, aytish 
mumkinki, demak), nisbatan katta bolalar bilan muloqot qilishda 
ularga xuddi go‘daklar kabi muomala qilish (Vov-vov qani?) kabi 
holatlarini keltirish mumkin.
So‘zlar va so‘zli iboralami to‘g‘ri tanlash tarbiyachi nutqining 
aniqligi, tushunarliligi va ifodaliligini ta’minlaydi.
Yangi so‘zlardan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lish zarur. Bir to- 
mondan, bolalaming yoshini hisobga olish va ular tushuna oladigan 
so‘zlami tanlash, ikkinchi tomondan, doimiy ravishda yangi so‘zlami 
muomalaga kiritish, mavjud so‘zlardan foydalanishni kengaytirish va 
ulaming ma’nosini tushuntirib berish lozim. Pedagogning hikoyasi 
to‘liq, chiroyli, so‘zlari aniqtanlab olingan, grammatik jihatdan to‘g‘ri 
rasmiylashtirilgan va ifodali bo‘lishi, uning alohida qismlari o‘rtasida 
mantiqiy aloqa o‘matilgan bo‘lishi lozim. Hikoya qilishda nutqni ifo­
dali, turli-tuman, mazmunga boy qiladigan sinonimlar, mctaforalar,
317


tashbehlardan, xalq og‘zaki ijodiyotidan (maqollar, matallar), frazeo- 
logik iboralardan kengroq va mohirona foydalanish lozim.
Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan, 
balki maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan ham osu- 
da, doimo bosiq, xushmuomala bo‘lishi shart.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga 
e’tiborini qaratishi lozim:
• 
ona tilidagi barcha tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqdagi 
mavjud kamchiliklami bartaraf etish;
• aniq, tushunarli nutqqa, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lish;
• o‘z nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, ya’ni orfoepik 
qoidalarga rioya qilish;
• 
ifodalilikning intonatsion vositalaridan bildirilgan fikrlami hi­
sobga olgan holda to‘g ‘ri foydalanishga intilish;
• 
bolalar bilan muloqotda biroz sekinlashtirilgan sur ’ atda, ovoz­
ni sal pasaytirgan holda nutq so‘zlash;
• 
matnlar mazmunini so‘zlar va grammatik tuzilmalardan foy- 
dalangan holda ravon hamda imkonli shaklda hikoya qilish va 
bolalarga yetkazish;
• bolalar va xodimlar bilan suhbatda ovozni balandlatish va 
qo‘pol muomalaga yo‘l qo‘ymaslik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachisi uchun namunali nutqqa ega bo‘lish 
uning kasbiy tayyorligi ko‘rsatkichidir. Shuning uchun o‘z nutqini ta- 
komillashtirish haqida qayg‘urish bo‘lajak pedagogning axloqiy va 
ijtimoiy burchidir. U o‘zida keyinchalik bolalarga beradigan nutqiy 
ko'nikmalami mukammal rivojlantirishi shart.
Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, uning nutqi quyidagi 
xususiyatlami o‘zida aks ettira olishi kerak.
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
d) nutqning ifodaliligi;
e) nutqning sofligi;
f) nutqning ravonligi;
g) nutqning boyligi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin