bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan aw al o‘z
oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini ol-
dindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta
o‘ylangan bo‘lishi kerak.
Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-bir-
larini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘matilishi
darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to;g‘risida (ota-
onalaming fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish da-
rajasi) to‘g‘risida ma’lum tasawurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi
ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun aw al ota-onalar-
ning bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib
oladi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga
nimalami o‘qib, hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni
oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi
ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan isbida bolaning
yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va
hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarb yachi har bir
bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak. .
Ota-onalar bilan olib.boriladigan ishlaming mazmum rang-barang
bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qiunishi taqozo
etiladi. Masalan:
•
bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming vazifasi,
bolalarni maktabga tayyorlash to‘g‘risidagi qonunlar;
•
maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi
to‘g‘risida;
•
ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular
jumlasidandir.
Bu masalalami jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalar-
ning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-
onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.
Dostları ilə paylaş: