1. Matabgacha ta ’lim muassasalari va oilada metodik ishlaming olib borilishi. 2. Maktabgacha ta ’lim muassasasining ota- onalar bilan ham- korlikdagi ishlar mazmuni. 3. Ota-onalar bilan о ‘tkaziladidan pedagogik kengash. Tayanch tushunchalar: anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari. i 1. Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlar olib borilishi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila
bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:
•
bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni hi-
moya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasasida amal
ga oshirilayotgan ishlaming mazmuni bilan tanishtirib borish;
•
ota-onalarga o‘z farzandlarining 'tarbiyasi uchun davlat va
jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
•
ota-onalami bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka-
lardan xabardor qilish (bolalaming yosh, anatomik-fiziologik
va mhiy xususiyatlari, ulami oilada tarbiyalashning mazmuni,
metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
•
bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbi-
yalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi na-
munalarini o‘rganish va ommalashtirish.
Bola maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan eng yaxshi
fazilatlami oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi
fazilatlami esa maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llansa, istalgan
ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlami
ko'ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quwatlash va shu asosida ota-
onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qara-
tishlari lozim.
17-§. Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada nutq