Babayeva d. R


Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. 
Ota-onalar bur- 
chagi ulami tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan ta- 
nishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jumallar, rasmlar, 
bolalaming ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaming uyidagi va oila- 
dagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. 
Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
323


Pedagogik bilimlami targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan 
ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, kon- 
sultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’limi to‘g‘risidagi 
qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va 
undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagram- 
malar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya jarayonlari, bola- 
■lar hayotini aks ettimvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalaming 
ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ish- 
ning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor 
berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi 
filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalami qiziqtiradigan 
bahslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi.
Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kunining tashkil etilishi ham 
maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bun- 
day kur larda ota-onalarga bolalaming mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin 
. faoliyatlari, sayrlar va bolalaming jamoada o‘zlarini qanday tutush- 
lari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.
Ota-onalar qo‘mitasi. 
Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim 
muassatasining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun 
tuziladi, U ota-onalaming umumiy majlisida bir yil muddatga sayla- 
nadi. Bi qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil sayla- 
nadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lii muas- 
sasasining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita 
a’zol§ri, ota-onalar majlisi va kechalami tayyorlash, o‘tkazish va 
boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.
Ota-onalar qo‘mitasi bolalaming ota-onalari bilan tanishadi
bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita 
a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar 
qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi 
o‘zlarini qiziqtimvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hiso- 
botni eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha 
ta’lim muassasasida saqlanadi.
Munozara shaklidagi ota-onalar bilan o‘tkaziladigan pedagogik 
kengash.
324


Maqsad: Ota-onalarga bolalarining maktabning ilk bosqichiga 
moslashuvini silliqlik bilan o‘tishida yordam berish. Bolalarni mak- 
tabga tayyorlashda ota-onalarning vaziyatlarini aniqlash.
Ishtirokchilar:
- maktabgacha ta’ lim muassasasi metodisti;
- katta guruh tarbiyachilari;
- maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ota-onaiari;
1-sinf o‘quvchilarining ota-onalari.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin