Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Ota-onalar majlisi. 
Ota-onalar majlisiga maktabgacha ta’lim muas- 
sasasidagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota- 
onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
322


Umumiy majlisda ota-onalami maktabgacha ta’lim yoshidagi bo- 
lalami har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yil- 
gi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or 
tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist- 
tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapi- 
rishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklami aniqlab 
olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, 
ota-onalaming o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, 
ularda maktabgacha ta’lim muassasasiga qiziqish uyg‘onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalaming ota- 
onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.
Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya be- 
rishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta guruhda o‘tkaziladigan majlisda bu 
mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash- 
da ta’lim muassasalari va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda 
kattalarga hurmatni tarbiyalash» va hokazo bolishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani, bolalar ishini, tegishli 
mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish 
mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘risidagi misollardan foydalan- 
ganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlami gapi- 
rishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qi- 
linuvchilaming nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar 
majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazili- 
shi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklami bartaraf etish bo‘yicha 
aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida o‘tkaziladigan gumh majlisida ota-onalarga bir 
yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yil­
ning rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham 
hisobot beradilar va faollaming yangi tarkibi saylanadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin