Babayeva d. R


  Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. 
Ota-onalar bilan treninglar o‘tkazish usullari. 
Maktabgacha 
ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, test- 
lar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlar vaqti- vaqti bilan 
o‘tkazilib turilsa, ayniqsa, maktab yoshidagi 6-7 yoshli bolalarni 
maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalaming ishtirokida olib 
boriladigan har bir mashg‘ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekan- 
ligini anglab olishlariga yaqindan yordam beradi va bolalarni mak­
tabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshardi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan 
har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk bosqichiga qadam 
qo‘yishlarini silliqlik bilan o‘tishida yordam beradi hamda sog'lom bola 
va mustahkam sog‘lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha 
tayyorlov guruh tarb yachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ulaming 
ota-onalari, boshlang'ich sinif o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi 
bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Ota-onalarga: «Sizning bolangiz yaqinda yetti yoshga to‘ladi.
Uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta’lim boshlanib,
u bolangizni har tomonlama sog‘lom, tetik, mustaqil shaxs sifatida
voyaga yetishida zamin yaratish bosqichlariga aylanadi» deb muro-
jaat etiladi. 
Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo‘yar ekan sizning 
bolangiz hayotida o‘chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi, deb savol- 
nomalar tarqatiladi va yozma ravishda javob berilishini iltimos qilinadi.
1. Sizning bolangizda maktabda o‘qishga moyillik bormi?.........
2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oiladan oladimi?.........
3. Maktabda muvaffaqiyat]i o‘qib ketishi uchun nima zarur?........
4. Jismoniy sog‘lom bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi 
lozim?.........................
5. Shaxsan sizning bolangiz maktabgacha ta’lim muassasasidan 
so‘ng maktab sharoitiga moslashishi uchun nimalarga e’tibor 
qaratar edingiz?...........................
332


6. Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab ta’limi o‘rtasidagi 
farqlami bolangiz ongiga singdira olasizmi?..............
7. Maktab hayotidagi qonun-qoidalami bilishi va unga amal qil- 
ishiga yordam bera olasizmi?.....................
8. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan qanday talab va istak- 
laringiz bor?
kabi savollarga javoblar olingandan so‘ng munozarani olib borish 
uchun ota-onalarga topshiriqlar beriladi:
- ota-onalaming maktab bo ‘ sag ‘ asidagi tashvishlari qay daraj ada 
ekanligini aniqlash,
- maktabga bolalarni har tomonlama tayyorlash uchun ota-ona­
lami qiziqtirgan kitoblaming mavjudligi,
- bolani sog‘lom muhitda tengdoshlari bilan o‘rtoqlashishga 
ko‘maklashishi.
- o‘qish va sanashni bilish darajalarini aniqlashga yordam berish.
- bolalarni intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga 
undash.
Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‘zaro munozara qilganlari- 
dan so‘ng ulaming fikr va mulohazalarini tinglash hamda maktab­
gacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang‘ich ta’lim 
o‘qituvchilariga bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ulami 
sog‘lomligiga katta e’tibor qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish 
mas’uliyatini yuklash, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib borish 
vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta’limning 
keyingi turi - boshlang‘ich sinflarda muvafFaqiyatli ta’lim olishga 
yo'naltiriladi. Xususan, mustahkam oilada sog‘lom bola tarbiyasi 
bolalarni ma’rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodi- 
yoti sharoitiga o‘tishning ma’naviy-axloqiy asoslarini to‘g‘ri tushuna 
oladigan, halol, to‘g‘ri, birovlar haqqiga xiyonat qilmaydigan, xayr- 
ehson, saxovat va muruvvat kabi fazilatlaming asl ma’nosini yaxshi 
anglaydigan jamiyat a’zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim 
muassasalari va ota-ona avvalo, o‘zi, qolaversa, farzandlarini ham 
o‘rgatib bormog‘i, har biri o‘z mas’uliyatini anglab yetmog‘i, ota- 
ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo‘lishi bugungi kun 
talablaridan biri hisoblanadi.
333



Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin