Ota-onalar awalambor bolalarining
nutq madaniyatini nazorat
qilib borishlari, bolalari nutqiga jiddiy e’tibor berishlari, muloqotda
nutq etiket qoidalariga rioya qilishlari, bola nutqini takomillashtirish-
ni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari kerak.
Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jami-
yat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalar-
ning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik dara-
jasiga bevosita bog‘liqdir.
Oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhitda
shaxs kamolotida eng muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter
va dunyoqarash shakllanadi.
Oilaviy munosabatlar farzandlaming aqliy,
ruhiy kamolotini
ta’minlabgina qolmasdan, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yu-
zaga keltiradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit
farzandlaming yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishishlari uchun be-
qiyos ahamiyatga egadir.
Ota-onalar o‘z ijtimoiy burchini bajarar ekanlar, farzandlaming
mehnatga, uni tashkil etuvck larga nisbatan mehr-muhabbat,
hurmat
tuyg‘usini shakllantirish, ulami ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash,
turli ko‘rinishdagi munosab’atlarini me’yorlarga og‘ishmay rioya
etish, sog‘lom turmush tarzim yaratish, ko‘zda tutiladi.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma’naviy barkamol,
ijtimoiy mehnat hamda oilaviy hayotga tayyor, nutq madaniyati shakl-
langan, so‘zga boy shaxsni o‘sib ulg‘aytirib beradi. Ota-onalar bo
lalarining yetuk, barkamol va sog‘lom o‘sishlarida ulaming kundalik
hayotiy rejimiga amal qilishlari nihoyatda muhimdir.
Oilada uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovor-
dir. Odob-axloq mavzusida uyushtirilgan muloqotlar farzandlaming
til vositalarini mustaqil tarzda qo‘llashlariga
erishish zarurligini
ko‘rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar farzandlaming kundalik faoli-
yatida, sayru sayohatlarda samarali natija berishi shubhasizdir.
Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy
talaffuz me’yorlariga binoan barcha tovush va so'zlami aniq va tiniq
talaffuz etib, so‘z boyligini rivojlantirmog‘i lozim. Bolalar shaxsini
shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kam-
330
chiliklar hali-hanuz oilalarda yetarli darajada emas.
Ota-onalaming
bolalarga beparvoliklari, so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat
bermasliklari oilada bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda
uyushtiriladigan o‘yinlarda, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi.
Bolalaming nutq madaniyatini shakllantirishda oiladagi katta-kichik-
lar, tengdoshlari bilan qilinadigan muomalalari ko‘proq rol o‘ynaydi.
Farzandlaming o‘z harakatlari va xulqini boshqara bilishi diqqat,
fikr va xotira sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Oila va oilada bola tarbiyasi doimo dolzarb muammolardan biri
bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi. Tarbiya ishi
qanchalik erta boshlansa, hosil ham shuncha erta ko‘zga tashlanadi.
Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari
tarbiyachilari hamda
pedagoglaming vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom,
axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Sog‘lom
bola awalo sog‘lom va mustahkam oilada dunyoga kelishi, muqaddas
dargohda o‘sib, ulg‘ayib, tarbiyalanib voyaga yetishi hammaga ma’lum. ?
Oilada farzand tarbiyasida qo ‘yilgan har bir xato va kamchilik insonning
kela.agiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi va aksincha to‘g‘ri va <
soglom bola tarbiyasi kelajak poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
Bola tarbiyasi bilan shug'ullangan oilalaming bolalari ta’lim muas-
■
sasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan
ko‘rsata oladilar. Oila va ta’lim muassasaslarining uzluksizligi bolani
nafaqat jismoniy va
aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uni ma’naviy
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila va ta’lim muassasalari to-
monidan bolalarga berilayotgan taTim-tarbiya, pandu nasihatlari ha-
qiqat yo‘lida xizmat qilishga da’vat etishidan iborat bolishi lozimdir.
Oila va maktabgacha ta’lim muassasalarining eng dolzarb vazifalari-
dan biri sog‘lom bola tarbiyasi ekan, demak, maktabgacha ta’lim muas-
sasalarida hozirgi zamon talablariga mos ravishda, har tomonlama mu-
kammal tarzda singdirilgan bilim, tarbiya yosh go‘dak qalbida, ongida
muhrlanib qoladi. Bolalarni jismonan
barkamol etib tarbiyalash, yetuk,
yuqori axloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni
aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasiga
xos bo‘lsa, oilada ota-onalarimizning zimmasida sog‘lom nasi, sog‘lom
331
bola tarbiyasi mas’uliyati, bolalarni sharqona uslubda tarbiyalash, milliy
qadriyatlarimizni kundalik hayotga tatbiq etish, yoshlar qalbida Vatan-
ga
muhabbat ruhida tarbiyalash, imonu e’tiqod, insofu diyonat haqida
ma’lumotlami to‘liq bilish bilan birga bolalardagi mehr oqibat, kattalarga
bo‘lgan hurmat kabi xislatlami shakllantirish vazifalari turibdi.
Dostları ilə paylaş: