Babayeva d. R


  Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. 
Bolalar nutqini o‘stirish va savodga tayyorgarlik. 
Nutq 
о‘stirish va savodga tayyorlash mini muhitiga M. Montessori va 
boshqalaming nutq o‘stirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishning 
turli uslublarini qo‘yish mumkin. Hozir maktabgacha yoshdagi bo­
lalarni o‘qishga o‘rgatish to‘g‘risida munozaralar o‘tkazishayapti. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi metodik jihatdan ishni to‘g‘ri 
tashkil etishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin faoliyati orqali bo-
302


lalar harflar bilan o‘ynashadi, o‘qishga o‘rganishadi, so‘zlar yozilgan 
turli tuman kartochkalardan, yirik bosma shriftlar, chiroyli rasmlar- 
dan foydalanishadi.
M.Montessorining shiori - «Menga o‘zim bajarishim uchun 
yordam ber, men o‘zim bajaraman». Tarbiyachi doim mehribon, 
sabr-toqatli, bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishi, o‘zining shaxsiy 
namunasi bilan nima qilish va qanday qilish lozimligini ko‘rsatishi 
lozim. U bu yerda ustoz emas, balki voqealaming qatnashchisi si- 
fatida ishtirok etadi: faqat bolalarni qiziqtira olishi lozim. 0 ‘zaro 
bir-birini tushunish, anglash va muhabbat tuyg‘usi asosida mulo­
qot olib boriladi. Tabassum, imo-ishora bilan kichkintoyni qo‘llab- 
quwatlab turadi, ko‘proq uni maqtaydi. Tarbiyachining ichki dunyosi 
bilan kichkintoyning ichki tuyg‘usi o‘rtasida mustahkam o ‘zaro 
bog‘liqlik mavjud, tarbiyachining madaniyat darajasi qanchalik 
yuqori bo‘Isa, bolaning madaniyat darajasi shunchalik yuqori 
bo‘ladi. Bunday jarayon davrida tarbiyachi ham, bola ham shakl­
lanadi, bu esa hamma uchun hissiy qulaylik yaratadi, shuningdek, 
ota-onalarni ham ijod qilishga yo‘naltiradi. Ijodiy rivojlantiruvchi 
muhitning samarasi kichkintoyning umumiy taraqqiyotiga, ijodiy 
tafakkuriga, mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitgagina 
bog‘liq emas, balki tarbiyachining bola bilan bo‘ladigan muloqoti- 
ga, vaziyatga, beriladigan topshiriqlarga, ulami berish usullariga 
ham bog‘liq. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish bir tartibda o‘tmaydi. 
Tarbiyachi bolalaming taraqqiy etish dinamikasini kuzatib borishi, 
lozim bo‘lsa, yordam ko‘rsatishi lozim. Ammo bunda bolaning 
psixikasiga nisbatan yutuqlari darajasi dastur talablari bilan so- 
lishtirilmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida ko‘rsatilgan 
shart-sharoitlarda psixikasi sog‘lom bola sezilarli darajada 
an’anaviy davlat ta’lim standartlaridan o ‘zib ketadi, rivojlanishida 
nuqsoni bo‘lgan bolalar esa o‘z yoshlariga mos yetarlicha bilim 
va malakalar oladilar. Yuqori darajada olinadigan bilimlar darajasi 
har bir bolaning individual imkoniyatlariga bog‘liq. Ijodiy-rivoj- 
lantiruvchi muhitni to‘g‘ri tashkil etish bola shaxsining har to­
monlama yetukligi: mustaqil, maqsadga intiluvchan, ishni to ‘g ‘ri 
rejalashtira olish qobiliyatlarini takomillashtiradi. Bunday vaziyat
303


bolani to ‘g ‘ri anglab harakat qilishga o‘rgatadi. Tarbiyachilar bo­
lalaming o‘xshamaydigan xislatlarini qadrlashlari, o‘ziga xos in­
dividual bo‘lishlarini hurmat qilishlari lozim.
Tarbiyachilar! Bolani majburlamang, bolaning erkin faoliyat yuri- 
tishi uchun imkoniyat yaratib bering. Eng asosiysi, hamma narsa bola 
uchun qiziqarli bo‘lishi lozim.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin