13-14-§. Bolalarni savod o‘rganishga tayyorlash
Reja:
1. Bolalarda о ‘qish, yozish va mavzuga qiziqish uyg ‘otish.
2. Bolalarni turli faoliyat yo ‘nalishlarida savodga о ‘rgatishga
tayyorlash.
3. Bolalar nutqini о ‘stirish va savodga tayyorgarlik.
Tayanch tushunchalar:
Ekspressiv muloqotchanlik, Impressiv
muloqotchanlik, Ijodiy-rivojlantiruvchi muhit, mini muhit, tayyor
garlik davri, savodga о ‘rgatish.
1. Bolalarda о‘qish, yozish va mavzuga qiziqish uyg‘ otish.
Mustaqil 0 ‘zbekistorming kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intel-
lektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq.
Shu bois Vatani, xalqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga
sadoqatli, mus
taqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni yetishtirish davlatning ta’lim so-
hasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shuning bilan
birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini
ta’minlash mazkur yo nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib,
bu haqda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni
va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh
qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga mo-
lik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim,
umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u
maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs si-
fatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim
olishga tayyorlash uchun
unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli
shart-sharoitlami yaratish zarur. Bola nutqining rivoji ko‘p jihat
dan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga.
Axloqiy sifatlariga
o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga,
qo‘llanmalaming monandligiga bog‘liqdir. Bu masalalar maktabga
cha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon ga-
pira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur.
298
Bolalaming aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ulaming nutqi
ni o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z
nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar
tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab
berishga o‘rganadi.
Og‘zaki nutqni o‘stirish bo'yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda,
asosan, bolalaming og‘zaki nutqini o‘stirishga,
nutqni grammatik
tomondan to‘g‘ri shakllantirishga, nutqning morfologik va sintaksis
tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma
gaplar
tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bo-
lalami gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ish-
latish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlc-rni to‘g‘ri talaf
fuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor berila-
di. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish
katta o‘rin egallaydi: bolalalami o‘z
hayotlarida ucbragan voqealar,
suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoya
lar tuzishga o‘rgatiladi. Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari maz-
munan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik t jmondan to‘g‘ri
tuzilgan bo‘lishi kerak.
<
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda
savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Tayyorgarlik davri.
Asosiy davr (Savodga tayyorlash).
Savodga o‘rgatishning
Dostları ilə paylaş: