chalindi. Nodir bilan Shahzoda raqsga tushdilar. Biz kattalarga yordam-
lashib bo‘lgach, varrak uchirdik. Mening varragim eng balandda uchdi.
Unga hamma o‘rtoqlarimning havasi keldi. Buvim sumalak pishgach
qo‘shnilarga tarqatdilar. Biz hammamiz mazza qilib sumalak yedik.
(So‘ngra 5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi va baholanadi).
Tetiklashtiruvchi mashq:
So‘z va harakatni uyg‘unlashtiruvchi mashqlar: «Chuchvara»
Yakshanba kun ertalab,
Chuchvara qilmoqchiydik.
Tog‘oraga un solib,
Ketidan suvni quydik.
Tuxum chaqib xamirga,
Yaxshilab mushtlab oldik.
Koptokcha qilib uni,
0 ‘qlovda yoyib oldik.
Go‘shtni qiyma qilamiz,
Unga piyoz qo‘shamiz.
Xamimi kes-b olib,
Qiyma qo‘yib tugamiz.
Tuzli suvni qaynatib,
Chuchvaran; solamiz.
Do‘stlar kelgach biz uni,
Dasturxonga tortamiz.
Barcha do‘stlar kelishdi,
Chuchvarani yeyishdi.
Bizga rahmat deyishib,
Uylariga ketishdi
Bolalaming bilgan tez aytishlarini takrorlash bilan mashg‘ulotni tugatish
mumkin. Tez aytishni awal sekin sur’atda, keyin tez sur’atda aytadilar:
Uy yasatasizmi, osh oshatasizmi?
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: