Babayeva d. R


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Bola tarbiyasida о 'yinchoqning ahamiyati nimalardan iborat?
2. Turli yosh guruhlarda bolalarni о ‘yinchoqlarga qarab hikoya
tuzishga о ‘rgatish uslulari haqida nimalarni bilasiz ?.
3. Bola tarbiyasida milliy o'yinchoq va q o ‘g ‘irchoqlarning roli
qanday?
4. Qo ‘g ‘irchoqlarning qanday ко ‘rinishlarini bilasiz?
5. О ‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga о ‘rgatish usullari xu-
susida to ‘xtaling?.
268


9-§. Bolalarni rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish
Reja:
1. Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga
о ‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti.
2. Qayta hikoya qilishga о ‘rgatish metodikasi.
Tayanch tushunchalar: 
Tetiklashtiruvchi mashq, lug‘at, s o ‘z
oboroti, tuzilish, analogiya, siluet.
1. 
Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga
o‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti. 
Maktabgacha ta’lim muassa- 
salarining katta guruhlarida bolalaming nutqi qay darajada shakllan- 
ganligi aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har 
bir bola bilan yakka tartibda mashg‘ulot olib boriladi.
I-topshiriq bo aga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya 
qilib bera olishi ii aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq», 
«Ikki echki», «U ‘, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan cha- 
yon» kabi ertak va hikoyalardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni 
eslay olmasa, un^a shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.
Bolalar hikoy.isi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalaming yordamisiz).
- matn mazmunining to‘liqligi;
- matnni bayon qilishda izchillik;
- ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;
- nutqning ravonligi.
Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib 
berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin:
- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hi­
koya qila olmaydi;
- matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;
- ba’zi muhim voqealami tushirib qoldiradi;
- bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;
- nutqda ifodalilik yetishmaydi:
- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
269


- o‘zicha ba’zi so‘zlami qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi;
- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;
- hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;
- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.
Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va 
ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l 
qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi.
Mazkur bog‘chalarda bolalaming nutqini kuzatganda quyidagilar 
asosiy mezon sifatida olinadi:
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalaming yor- 
damisiz, mustaqil bayon eta olishi;
- matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
- ifoda vositalaridan foydalana olishi;
- nutqning ravonligi, tezligi;
- jumlalaming grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;
- nutq madaniyatiga rioya etisbi.
Bolalar nutqini o‘rganishning sng qulay usuli, shubhasiz, suhbat 
metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalaming tevarak-atrofda mav­
jud bo‘lgan narsalami kuzatish va ulami tahlil etish, ular haqida 
sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan 
birga, bolalaming bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ulaming tarjimai 
holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat 
kasb etadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin