Ko‘rgan narsalami idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materi-
allar asosida tuziladi. Ulardan tasawur etib hikoya qilish -
ijodkorlik-
ni talab qiladi. Bu hikoyalaming hammasi ham nutqning bog‘liqligi
va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya qilish usullari xilma-xildir.
Jumladan, tarbiyachi tomo
nidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hiko-
yaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi.
So‘ng bolalarning o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning
vrach» hikoyasi qanday yaratilganligini ко4 rib chiqaylik.
Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namunasida
bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar nutqini
rivojlantirishdan iborat.
Hikoya o‘yin jarayonida o‘yinchoqlar
vositasida bemorga tibbiy
yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot
asosida tuziladi.
Sardorning hikoyasi:
«Sanjar qovunni ko‘p yeb qo‘yib, qomi
og‘rib qoldi. Otasi «tez yordam» chaqirdi.
Shifokor kelib, bemor
Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatdi.
Sanjaming otasi, onasi shi-
fokorga tashakkur bildirdilar».
Mehrinisoning hikoyasi:
«Gulnoza dam olish kuni i?pasi, singli-
si bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo qaynatish uchun bir chelak
olxo‘ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chan-
qadilar. 01xo‘ridan
yeb olib, bir necha marta sovuq suv ichishdi.
Uchalasining ham qomi og‘rib, isitmasi ko‘tarildi.
Ularni dadasi mashinada poliklinikaga olib bordi. Poliklinikada
bolalar shifokori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi.
Ular kerakli dori-darmonlami olib, tezda sog‘ayib ketdilar.
Shundan
so‘ng ho‘l meva yeb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar».
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bola
lar
tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bo
lalar yo‘l qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog‘cha sahnasi uchun sa-
boq»
nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namo-
yish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Spektakldan so‘ng
tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi.
Dostları ilə paylaş: