chi kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa,
undan maqsad: bolalaming mushuk va uning bolalari haqidagi
tasavvurlarini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qan
day yeyishi haqida tushuntirish va lug‘atini faollashtirish bo‘Isa,
tarbiyachi bolalarga suratni ko‘rsatib shunday savollar beradi: Su-
ratda nima tasvirlangan? Ona mushuk nima qilyapti? Ona mushuk
yonida kim yotibdi? Mushuk qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik
gumh bolalariga esa yuqoridagi savollardan tashqari yana ushbu
savollarni ham berish mumkin: Ona mushukning panjalari qan
day rangda? Dumi qanday rangda?
Mushukning boshida nimalari
bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mushukcha nima qilyapti? U ni-
madan sut ichyapti? U sutni qanday ichyapti? Ip kalavasi bilan
o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu mushukcha qanday
rangda? U panjalari bilan nima o‘ynayapti? Ip kalavalari qanday
rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beriladigan savollar
esa ancha murakkablashadi. Rasmlarni ко‘rib chiqish vaqtida bo
lalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk nimaning
ustida yotibdi? Uning yonida uxlab
yotgan mushukchaning pan-
jalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalavalari
qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa-
vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar ja
vob berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib
beradi: «Mana bu ona mushuk - Mosh». Uning mushukchalari bor.
U gilamcha ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushuk-
chalar tarelkadagi sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rang-
dagi mushukcha esa sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib
yubordi. Ip kalavalari savat ichidan har tomonga sochilib ketdi
va targ‘il mushukcha ko‘k rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib
o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli mushukcha esa ona mushukning
yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk mushukchalariga qarayapti va
«xur-xur» qilib xurillayapti». Ushbu mashg‘ulot jarayonida yan-
gi so‘zlar
izohlab beriladi, qiyin so‘zlar jo ‘r bo‘lib takrorlanadi.
Mashg‘ulot topishmoq aytish va uning javobini topish (Kichkina
qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish (Sh. Sa’dullaning
«Mushuk» she’rini):
239
Mushugim deydi: miyov,
Sichqon doim menga yov!
Shuning uchun qo‘ymayman,
Qancha yemay to‘ymayman.
yoki qisqa hikoya o‘qib berish bilan (Habib Po‘latovning «Mosh
hikoyasi») davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda
bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ichyapti,
chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyovlaydi, xu-
rillaydi va boshqa so‘zlami kiritadi.
Dostları ilə paylaş: