Babayeva d. R


«Sen ta’rifla, men topaman»



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

«Sen ta’rifla, men topaman».
Didaktik vazifa 
- Kattalaming savollariga narsaning xarakterli 
belgisini ajratib va nomini aytib javob berish.
0 ‘yin harakati 
- Kattalarga topishmoqni aytish.
0 ‘yin qoidasi 
- Ta’riflanayotgan narsaning nomini aytish mum- 
kin emas.
Tarbiyachining savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish.
Jihozlash 
- Sabzavot va mevalami stol ustiga qo‘yiladi. Tarbiya­
chi stulini o‘simliklar ko‘rinmaydigan qilib qo‘yiladi.
231


0 ‘yinning borishi - Tarbiyachi bolalarga stol ustidagi sabzavot- 
lardan bittasini tanlang. Men sizdan uning qandayligini so‘rayman. 
Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlarning javobla- 
ringizdan men uni topishga harakat qilaman, deydi. Keyin tartib bi­
lan tarbiyachi savol beradi: «Shakli qanday?, hamma tomoni shardek 
dumaloqmi?, chuqurchasi bormi?, rangi qanday?» vaboshqa.
Bolalar savollarga- to'la javob berishadi. Bolalar narsaning xarak- 
terli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi topish- 
moqni topadi.
Mashg4ulotda, 
o‘yinda, tabiat burchagida va maydonchadagi 
mehnatda, ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga atrofda- 
gi olamning turli-tumanligini, chiroyini ko‘rsatadi, o‘simlikning 
turli xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, o ‘simlik va hay- 
vonot olami haqida elementar tushunchani shakllantiradi. Bo­
lalarning jozibali munosabati tarbiyachining hikoyasidan faol- 
roq o ‘zlashtirib olishga imkon beradi. Mashg‘ulotlarda, !didaktik 
o ‘yinlarda qo‘yilgan vazifani hal etishda bola buyum va hodisalar- 
ning ayrim xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umi miy xu- 
susiyatlarga, belgilariga qarab guruhlarga ajratishga, klas >ifikatsi- 
ya etishga o‘rganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosater chiqa- 
rishga o‘rganadi, bolalar diqqati, xotirasi va ixtiyoriy idreki rivoj- 
lanadi. M ashg‘ulotni, o‘yin vazifasini hal etishda bola o ‘zining 
xatti-harakatini tushuntiradi. Bu esa nutqining o ‘sishiga yordam 
beradi. Mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar davomida turli maktabga­
cha yoshdagi bolalar ko‘p marotaba takrorlash orqali Maktabga­
cha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar 
majmuini o ‘zlashtiradilar. Tabiiy materiallar bilan o‘ynaladigan 
o‘yinlami tanlashda tarbiyachi o‘yinning mazmuni atrof-muhitda- 
gi, tabiatdagi o‘zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim.
Masalan: «Urug‘ sotib olish» o ‘yini bahorda, «Hosil yig‘ishtirish» 
esa yoz yoki kuzda o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachining o‘zi ham 
mashg‘ulot, o‘yinning turlicha variantlarini o‘ylashi mumkin: 
o‘yinga, mashg‘ulotga qo‘shimcha vazifa, yangi rol, bolalarning 
atrof-olam haqidagi bilimlarini boyitish va boshqalar. Ba’zi bir di­
daktik o‘yinlami turli variantda, turli yoshdagi bolalar uchun tavsiya
232


etiladi. 0 ‘yinlar o‘simliklar, hayvonlar yoki boshqa predmetlaming 
soni oshishi, turlicha qoida va о‘yin harakatlarining oshishi hisobiga 
murakkablashadi. Masalan: paypaslab bilish uchun sabzi, bodring, 
olma va boshqalar olish mumkin, keyinchalik shakli o‘xshash bo‘lgan 
meva va sabzavotlarni kiritish mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga barg, gullar bilan 
o‘ynash ko‘pincha guruh xonasini, ovqat stolini bezash, guldasta, 
barglami kattalarga, kichik bolalarga sovg‘a qilishga xohishlari bilan 
bog‘lanadi. Bunday o‘yinlarni, mashg‘ulotlami o‘tkazishda bolalami 
o‘simliklarga nisbatan ehtiyotkorlik, gullami bekordan-bekorga uz- 
maslikka o‘rgatish lozim.
Agar bola olma yoki boshqa predmetlaming shakliga diqqatini qa- 
ratganbo‘lsa, unga olmani dumalatib ko‘rish, koptokdek silab ko‘rish, 
uning silliqligini aniqlashni taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, 
kattalik tushunchalarini ishlatishga o'rgatish lozim.
Xilma-xil tabiat hodisasi olamida oolalaming bevosita kuzatishlari 
uchun eng tushunarligi o‘simlik va uy hayvonlaridir. Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalami o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish 
jarayonida bolalarda tabiatga nisbatt n muhabbat tarbiyalanadi, hay- 
vonlami parvarishlashga, o‘simlikla ni o'stirishga nisbatan istaklari 
tarbiyalanadi. 
-t
Xulosu:
Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so‘ng 
mashg‘ulotlar, о‘yinlar, bilim berish orqali amalga oshirildi. Bola 
har doim buyumlar, hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo biror narsa bi­
lan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko‘radi, nimagadir quloq 
soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarak-atrof buyum va 
narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi va 
sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalami bilib olishga yor­
dam beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalami rivojlantirish, eng 
oddiy faoliyat usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va 
muhim boimagan belgilami ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bi­
lan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya 
berish vazifalaridan biridir.
233



Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin