Babayeva d. R


-§. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2-§. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
rivojlantirishning asosiy vazifalari
224


tishuvlardan foydalangan ma’qul. 9 oylikdan boshlab bolaga tanish 
bo'lgan, u «o‘rgangan» vaziyatlarga tayangan holda nutqiy taqlid 
va ovoz ifodaliligini rivojlantirish muhimdir. 12 oylikdan boshlab 
kichkintoyda kichik folklor janri asarlari elementlari (bekinmachoq 
va h.) asosida nutqiy muloqotga kirishishga, jaranglayotgan matnga 
mos ravishda harakatlar bajarishga undash lozim. 
Bola hayotining
ikkinchi yili. 
Bola bilan nutqiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va uning 
lug‘atini boyitish, o‘z harakatlarini so‘zlar bilan birgalikda amalga 
oshirish, kichkintoyni tarbiyachi (kattalar)topshirig‘iga ko‘ra ayrim 
oddiy topshiriqlami (o‘yinchoqni, etiklami, paltoni keltirish; qizil 
o‘yinchoqlarini ko‘rsatish) bajarishga undash, buyumlar, kiyim- 
boshlar, idish-tovoqlar, sabzavotlar va mevalaming nomlari hamda 
ular bilan amalga oshiriladigan harakatlar haqidagi savollarga javob 
berish uchun barcha vaziyatlardan foydalanish lozim.
2. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash-
ning mazmuni va metodlari. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga 
ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalami jismoniy, aqliy 
va ma’naviy jihatdan rivojlantirishdan, ularning tug‘ma layoqati, 
qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va 
umum insoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyor- 
lashdan iborat.
Bolada kattalar bilan muloqot jarayonida axloqiy xulq-atvor- 
ning dastlabki tajribalari shakllanadi. Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj -
muhim ijtimoiy ehtiyoj bo‘lib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy ehtiyojni 
qondimvchi manba hisoblanadi. Axloqiy his-tuyg‘ular va odatlami 
tarbiyalash shunday zaruriy asos hisoblanadiki, usiz bola shaxsining 
murakkabroq xususiyatlarini, ma’naviy kamolotni ta’minlash, mam- 
lakatning ijtimoiy hayot hodisalari hadidagi tasavvurlami va ularga 
ijobiy munosabatni shakllantirib bo‘lmaydi.
Maktabgacha bolalikning dastlabki bosqichlarida tarkib toptirilgan 
insonparvarlik asoslari uning ijtimoiy yo‘nalganligi bolalarda asta- 
sekin shaxsning jamoatchilik belgilari: xulq-atvor odatlari, munosabat- 
lari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos boiib xizmat qiladi.
Awalo bolalar muassasasida jamoaning katta yoshli a’zolari 
o‘rtasida to‘g‘ri o‘zaro munosabat uslubini vujudga keltirish kerak.
225


0 ‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik, ishga muhabbat, mamlakatning si- 
yosiy va mehnat hayotida ishtirok etish - bulaming barchasi zarur 
uslubni ta’minlashi lozim. Pedagogik jamoa va ota-onalar jamoala- 
rining to‘g‘ri munosabatlari uslubi ham muhim ahamiyatga ega. Bu 
uslub esa bolalar bog‘chasining ota-onalar bilan muntazam ish olib 
borishi, oila tarbiyasi tajribalarini o‘rganish natijasida tarkib topadi.
Kattalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaming yuksak 
darajasi - muvaffaqiyatli axloqiy tarbiyaning majburiy shartidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmu­
ni va metodlari bu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos kelishi 
va u eng yaqin vaqtdagi axloqiy rivojlanish jarayonini ko‘zda tuti- 
shi kerak. Masalan, agar 4 yoshli bolalar o‘z tengdoshlariga asosan 
tarbiyachining maslahati, ko‘rsatmasi ta’sirida baholi-qudrat yordam 
ko‘rsatsalar, 5 yoshga to‘layotganda bunday yordamni o‘z xohishla- 
riga ,ko‘ra ko‘rsatishlari lozim.
Oilagar.xos bo‘lgan muhabbat, o‘zaro e’tibor, g‘amxo‘rlik muhiti 
bola his-tjiyg‘usini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Oilada qaror 
topdriladigan ijtimoiy his-tuyg‘ular bolaning kichik yoshdan boshlab 
to‘t,‘ri axloqiy rivojlanishining muhim asosi hisoblanadi.
«Salomatlik va xayrixohlikni tarbiyalashning chinakkam maktabi -
bu oiladir; Otaga, onaga, buvaga, buviga, aka-ukalariga, opa-singillariga 
munosabat insoniylikning sinovi hisoblanadi»,- degan allomalarimiz.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining muhim vazifasi
- ota-onalarga bola shaxsini shakllantirishda ulaming alohida rol 
o‘ynashlarini tushuntirishi, zarur pedagogik bilim va ko‘nikmalami 
egallashlarida ularga yaqindan yordam berishdan iborat. Bolalar­
ning ma’naviy kamolotini ta’minlashda mahallaning о‘mi ham kat- 
tadir. Mahalla, aw alo, sog‘lom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli 
ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori 
o ‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartib- 
ga solib turadi. Mahalla ijtimoiy kelib chiqishi, millati, mijozi turli 
xil bo‘lgan va oilalami tashkil qilgan odamlardan iborat. Mana shu 
oilalaming boshlarini biriktirish, ulami ma’naviy va moddiy-jis- 
moniy jihatdan mustahkamlash, yoshlami tarbiyalash kabi muhim 
vazifalar ham mahallada amalga oshadi. Oilalarni bir jamoaga, ij-
226


timoiy guruhga, muassasaga, aynan mahalla birlashtiradi. Ularda 
ahillik, hamjihatlik, hamkorlik, hamdardlik, his-tuyg‘ularini shakl- 
lantiradi, kamol toptiradi.
Har bir fuqaroning hayotida «Shaxs-oila-mahalla» uchligi katta 
ahamiyat kasb etadi. Bu sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos 
tizimidir va eng muhimi, 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin