1
yoshdan3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqinirivojlantirishgadoir
mashg‘ulotlami didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari
shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga,
balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emot-
sional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usul-
lari va didaktik o‘yinlami keng qo‘llash zarur.
5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar
nutqini rivojlantirishga
doir mashg‘ulotlar muayyan vazifaga ega - ya’ni u bolalarni maktab-
da o‘qishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.
Mashg‘ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o‘quv
faoliyatini yo‘lga qo‘yish qobiliyatini shakllantirish (diqqat-e’tiborli
bo‘lish, pedagog topshirig‘ini tinglash, tushunish va uni aniq bajarish,
bolalar jamoasi oldida fikr oldira olish, tengdoshining javobiga oddiy
baho bera olish va h.k.) vazifasini ham bajaradi.
Xulosai
Bolalarga ona tilini o‘qitishga doir :mashg‘ulotlar har bir guruhda
bolalarning yosh imkoniyatlarini va har bir bolaning nutqiy rivojlan-
ganlik darajasini hisobga olgan holda Amalga oshirilishi lozim. Chun-
ki
bilimlar mazmuni, ulaming tarkibi, metod va usullami tanlash,
haftasiga o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni, har bir mashg‘ulotning
davomiyligi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: