Bilishga doir suhbatlar
mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida
aniqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush
voqealari, atrof-muhit va kattalar mehnati
bilan ham chambarchas
bog‘liqlikda o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga
ko‘ra suhbat qurish va umumlashtiruvchi
turlarga bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan
faoliyatga, kuzatishga tayyorlash maqsadida
kirish suhbatidan
foy-
dalaniladi. Ana shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani
aniqlaydi, ulaming bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tu
tilayotgan faoliyatga
qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga
doir vazifalami taqdim etadi.
Umumlashtiruvchi suhbat
bolalar
ning biror mavzuda tashkil etilgan-o‘quv ishi natijasida qo‘lga kiri-
tilgan bilimlami jamlash, aniqlashtirish,
tizimga solish maqsadida
o‘tkaziladi.
2. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va uni o‘tkazishi.
Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z
ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga
sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi
sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, de-
vordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old
ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar
(onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz
yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old
ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqqanidan qichqirib yubor-
di, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi:
bola oddiy gaplami, bir xil a’zoli gaplami to‘g‘ri tuzadi, bunda u birik-
tiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida
qo‘shma
gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlami
ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gap-
lar - «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar - «Biz
oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar -
«Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
0 ‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan,
olti yoshli bola ravon
monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
236
Bolalar bog‘chasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiy-
lashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o‘rinni egal-
lashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg‘ulotlarda
va boshqa faoliyat turlari bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikmi turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga
tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakl-
lantirishga doir ishlaming asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar
o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplami tu-
zish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Bolalar xur-
sand bo‘lib, osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi,
chunki
ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir
. bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikmi turlicha ifo-
dalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir-
birining o‘mini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi.
i
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun did- k-
tik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin.
I Aynan bitta fikmi ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ish ar
i yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shad-
lantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim.
!
■
Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlami qo‘llashni o‘rgat sh
< ular nutqini rivojlantirishga doir ishlaming ikkinchi yo‘nali; hi
bo‘lishi mumkin.
1
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllami kiritish uchun bolalar, katia-
lar, hayvonlar, qushlaming turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan
foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola,
raqs tushayotgan qiz, yugu-
rayotgan quyon va h.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: Tarbiyachi ularga so‘z birik-
masini tuzishga yordam beradi. «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi so‘z
birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «qaysi
bola?» - «o‘qiyotgan bola».
Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llami olish va ular-
dan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlami hosil qilish darkor. Bo
lalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ular
ning ayrim sifatdoshlami esda saqlab qolishlari va zamr bo‘lganda
ulami o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.
237