Babayeva d. R


a) nutq o‘stirishga doir tevarak-atrof obyektlarini oldindan ajratish  va



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

a)
nutq o‘stirishga doir tevarak-atrof obyektlarini oldindan ajratish 
va 
ular bilan tanishtirish;
b) bolalaming eslab qolishi va to‘g‘ri talaffuz etishi, so‘zlashganda 
tez-tez foydalanishi, ahamiyatini tushunishi, zarur bo‘lgan so‘zlaming 
taxminiy ro‘yxatini tuzish lozim. Maktabgacha katta yoshdagi bo­
lalaming faol lug‘atini boyitishda ulami tevarak-atrof bilan tanishti­
rish muhim vosita sanaladi, tadqiqotchi A.M.Borodich shunday deb 
yozadi: «Bolalami borliq bilan tanishtirishning ikkita yo‘li bor»:
1) hissiy organlar bilan tashqi olamni bevosita idrok etish -
bolalar predmetlarni kuzatadilar, ushlab ko‘radilar, eshitadilar, 
tatib ko‘radilar, u bilan harakat qiladilar;
2) bolalar tevarak-atrofdagilar haqida bevosita m a’lumot ola­
dilar; tarbiyachi mehnat kishilari to ‘g ‘risida, tabiat bilan bog‘liq
29


hayot haqida gapirib beradi, bolalar kuzatgan hodisalami tushuntira- 
di, kitob o‘qib beradi, rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar namoyish etadi.
Xuddi mana shu tavsiyalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilib 
oladigan tevarak-atrof obyektlarini tasniflash uchun asos sifatida qa- 
bul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, bolalarda faol va passiv lug‘at 
boyligi asta-sekin ortib boradi, nutq rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigari, ma’nosini tushunadigan, 
eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlami asta-sekin tevarak-atrof 
bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, 
shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib 
bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi is- 
taklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi.
Biroq tarbiyaning aqliy, axloqiy, mehnat va boshqa turlari bir ma- 
romda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshishi uchun maktab­
gacha yoshdagi bolalar lug‘atidagi so'zlar miqdori ustida yetarlicha 
o ‘ylab ko‘rilmaydi. Afsuski, bu masalaga tadqiqotchilar tomonidan 
ham tegishli darajada e’tibor berilmaydi. Ta’limiy-tarbiyaviy jihat­
dan nihoyatda dolzarb bo‘lgan bu muairimo nazariy-metodologik va 
metodik jihatdan tadqiq etilmagan va ishlanmagan.
Hozirgi davr tadqiqotchilari maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 
(shu jumladan, nutqni rivojlantirish bo‘yicha ham) namunaviy faol va 
passiv so‘zlar lug‘atini (hech bo‘lmaganda taxminiy) tuzishlari ham 
kun tartibidagi dolzarb masaladir. Ayniqsa, 5, 6 va 7 yoshdagi bolalar 
uchun lug‘atlar tuzish nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga, nafaqat 
so‘zlaming miqdoriy tarkibini aniqlash (1500,2000 yoki 3000 - 4000 
so‘z), balki ulami mavzular va hayotiy ahamiyati bo‘yicha ham hi­
sobga olish muhimdir.
Shunday qilib, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini re- 
jali tarzda rivojlantirish uchun nafaqat tevarak-atrofni o‘rganish, 
obyektlami asosli ravishda tanlash, balki ayni paytda eng ahamiyatli 
so‘zlami ulaming mavzu jihatdan xilma-xilligi (ya’ni sifat tarkibi, 
ma’nosi) bo‘yicha o‘rganishni ta’minlash ham dolzarb masaladir.
Maktabgacha 
katta 
yoshdagi 
bolalarning 
tevarak-atrofni 
o‘rganishda nutqini rivojlantirish uchun nazarda tutish lozim bo‘lgan 
so‘zlami mavzu jihatidan guruhlarga quyidagicha bo‘lish mumkin:
30


- ota-onalar, qarindosh-urug‘lar, tengdoshlar bilan bog‘liq 
»o‘zlar;
- maishiy predmetlar, o‘yinchoqlami anglatadigan so‘zlar;
- bola yashab turgan joydagi predmetlar va boshqa narsalami ang- 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin