Babayeva d. R


va  nodavlat, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim  muassasalarida



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

va 
nodavlat, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim 
muassasalarida 
amalga oshiriladi.
Maktabgacha 
ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb bel- 
gilanadi:

 
bolalami 
xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va 
umumbashariy 
qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihat­
dan 
tarbiyalash;

 
bolalarda 
milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
23


• 
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, 
o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi 
ta’lim jarayoniga tayyorlash;
• 
bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o ‘zining fikrini mus­
taqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
• 
bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash kabilami 
o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yosh­
dagi bolalar qabul qilinishi mumkin.
Guruhlardag? bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
• 
1 yoshdan 2 yoshgacha - 10 ta.
• 
2 yoshdan 3 yoshgacha - 15 ta.
• 
3 yoshdan 6-7 yoshgacha - 20 ta.
• 
Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta.
Maktabgachi ta’lim muassasalari hududlarini demografik, ijti- 
moiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil 
etiladi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish 
qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ulaming yo‘nalishlariga ko‘ra 
quyidagi turlarg i bo‘linadi:
• 
bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, 
xonadon bolalar bog'chasi (ham mustaqil muassasa sifatida, ham 
filial sifatida);
• 
bog‘cha maktab muassasasi;
• 
tarbiyalanuvchilaming 
bir 
yoki 
bir 
necha 
ustuvor 
yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til o‘rganish, badiiy estetik, sport va 
boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
tarbiyalanuvchilaming jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi 
kamchiliklami bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi 
maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
sanitariya-gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tad- 
birlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan 
sog‘lomlashtiruvchi maktabgacha ta’lim muassasasi;
• 
aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi.
24


Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tan- 
lanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalami qabul qilish tar- 
tibi, ulami bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan 
chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel- 
gilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim 
muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan 
bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruh- 
lar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ni- 
zomda ko‘rsatib o'tilgan.
Har bir sohada bo‘lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham 
maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tay- 
yorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar 
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan 
pedagogik kadrlami tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malaka- 
sini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqbb turish 
ta’minlanadi. 
i
Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlammg o‘quv 
pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi turiga davlat ta- 
lablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel­
gilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalami, mutaxassislar 
tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, di­
daktik materiallami joriy etish uchun shart-sharoitlami ta’minlaydi.
Pedagogik kadrlaming o‘zaro munosabatlari hamkorlik, de- 
mokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof 
etish 
pedagogikasi asosida quriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi - maktab­

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin