Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Forobiy inson baxt 
- saodatga erishuvi uchun ulami baxtli - sao- 
datli q la oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shahar- 
ni bosvqaradigan hokim tabiatdan:
1 - sog‘-salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qi- 
yinchi ik sezmasligi;
2 - tabiati nozik, farosatli;
3 - xotirasi mustahkam,
4 - zehni o‘tkir,
5 - o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq,
6 - bilim-ma’rifatga havasli,
7 - taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ocho- 
fat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa 
o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi,
8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlami sevadigan, 
yolg‘onni va yolg‘onchilami yomon ko‘radigan,
9 - o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,
10 - mol dunyo ketidan quvmaydigan,
11 - adolatparvar,
12 - qatiyatli, sabotli, ju r’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi.
38


Forobiy bu fazilatlami har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi.
Ibn Sino (980-1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondash- 
gan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham 
chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbi­
ya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik 
ruhi bilan yo‘g‘rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g‘ri 
talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.
Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jis­
moniy sog‘lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar 
o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati 
va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. «Tib qonunlari»ning 
«Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, 
bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi.
Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohi­
da e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig‘i - ya’ni otaga 
beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tar- 
i biyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, 
i bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga ber ladi 
, va bola tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiya­
chi oldiga aniq vazifalami qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi 
yoki rag‘batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog‘i lozim. 
'
Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xu­
susiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini o‘rganishga 
chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. 
0 ‘smirlikkacha bo‘lgan davmi u beshta davrga bo‘lgan: chaqaloqlik 
(bola tug‘ilganidan boshlab yo‘lga yurib ketgunicha bo‘lgan davr); 
bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq 
tishlari chiqqanidan keyingi davr; o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; 
o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatugimcha bo‘lgan davr).
Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyin- 
chiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me’yoridan ortib ke- 
tishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, risoladagidek tarbiyani 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda 
bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni 
sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim.
39


Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini ehuqur anglagan va ijobiy 
omil ahamiyatini juda qadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan 
biri deb bilgan.
Ayniqsa, Alisher Navoiy asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab av- 
lodlami hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat g‘oyalari, in- 
sonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida asosiy o‘rin tutadi.
Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib tu- 
radi. U bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda 
katta ahamiyat bergan, Navoiy farzandni oilaga quvonch va baxt 
keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan.
Navoiy bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tar­
biya berish zarur, fanlami o‘rganishni iloji boricha barvaqt boshlash 
lozim, deya ta’kidlagan.
2. 
Abdulla Avloniy (1878-1934) -ja m o a t va siyosat arbobi, shoir 
ham da pedagog bo‘lib, Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya 
berish haqidagi qarashlari. Abdulla 1908-yilda kambag‘allammg 
ifarzandlari uchun maktab ochadi. Uning o‘zi shu maktabda yangi 
ta’lim usullarini qo‘llagar. holda ona tilidan dars beradi.
Avloniyning xalq ta’liaii sohasidagi faoliyati uning yozuvchi va 
shoir, iqtidorli yoshlar tef .trining tarbiyachisi hamda sahnalashtiruv- 
chi rejissyori sifatidagi faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir.
1916-yilda Rossiyada va Turkistonda milliy ozodlik harakatlari 
avj ola boshlaydi. A. Avloniy bunda harakat rahbarlaridan biri sifati­
da faol ishtirok etadi. 1917-yilning yozidan boshlab Avloniy «Turon» 
gazetasini chiqara boshlaydi. Ushbu gazeta sahifalarida Avloniyning 
xalq maktabini tashkil etish, o ‘qituvchi kadrlami tayyorlash va dars- 
liklar chop etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari bosi- 
ladi. Ayniqsa, u o‘zbek qizlariga ta’lim-tarbiya berish va ular uchun 
maxsus maktablar tashkil etish muammosiga alohida e’tibor beradi. 
Ushbu yillarda Avloniy «Adabiyot» (I-IV kitoblar), «Turkiy gulis- 
ton», «Maktab gulistoni» kabi kitoblarini yozadi va chop etadi.
A.Avloniy dunyoqarashining shakllanishida ilg‘or rus adabiyoti 
va madaniyati muhim rol o‘ynaydi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, 
M.Gorkiyning ijodiy meroslariga katta hurmat bilan munosabatda 
bo‘lgan va K.D.Ushinskiyning pedagogik merosini yuqori baholagan.
40


U muayyan muddat mobaynida Turkiston Kompartiyasi Markaziy 
Qo‘mitasining matbuot bo‘limini boshqargan, so‘ngra xalq ta’limi 
bo‘limlari ishini boshqarishga o‘tib, ko‘plab yangi maktablar quri- 
lishiga rahbarlik qiladi, o‘qituvchilami savodsizlikni bartaraf etish 
ishlariga jalb qiladi.
Avloniy pedagogika bilim yurti, 0 ‘zbekiston 0 ‘lka ma’rifat 
instituti, Toshkent harbiy bilim yurti, 0 ‘rta Osiyo davlat univer- 
sitetida ishlagan kezlari ham m a’rifat tarqatish ishiga butun kuch- 
g‘ayratini sarfladi.
Tarbiya qiluvchi muallimlaming o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, sho- 
girdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmoqlari 
lozim. Bu ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlaming diliga 
tez ta’sir qilib, ular ilmli, odobli bo‘ladilar.
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tar­
biya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘Isa, bu shogirdlar axlo- 
qiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
0 ‘zbek olimi, shoiri, professor, jamoat arbobi Abdulla Avloniy -
o‘gitlaridan namunalar:
«
Hayo, nomus omonat dalildur,
Hayosiz doimo xoru zalildir».
«Ко ‘paygan so ‘zni bo ‘lg ‘ay to ‘g ‘risi oz,
Shakaming ко 'pidan ozi bo ‘lur soz».
«Aql egalari, vijdon sohiblari har vaqt ко ‘rgan, qilgan va bilgan-
larining haqiqatini va to ‘g ‘risini s o 'zlaydilar
»...
«G'azabning awali jinnilik, oxiri nadomatdir».
«Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat,
yo saodat - y o falokat masalasidir
».
«Dars ila tarbiya faslida bir oz farq bo ‘Isa ham, ikkisi bir-biri-
dan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jo n ila tan
kabidur».
«Turkiy guliston yoki axloq», «Maktab guliston» va boshqa asar- 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin