Babayeva d. R


  Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

2. 
Ota-onalar va maktabgacha ta’lim muassasalari hamkorligida
bolalarni tarbiyalash. 
Bugungi kunda farzandlarining ehtiyoj va intilish- 
lari asosida yuksak darajada ta’lim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko‘p.
Bola har qadamda, har daqiqada kattalardan ta’sirlanadi, o‘rganadi, 
eshitgan ko‘rganlarini takrorlaydilar. Ota-onalaridan muloqotga kirish 
madaniyatini o‘rganadilar, bu narga keyinchalik ulaming hayoti mazmuni- 
ni begilaydi. Ota-onalar bolalariga nutq madaniyatiga muvofiq nimani 
qanday gapirish mumkin, nimani aytmaslik kerakligini yaxshi biladilar.
Nutq madaniyati inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir.
329


Ota-onalar awalambor bolalarining nutq madaniyatini nazorat 
qilib borishlari, bolalari nutqiga jiddiy e’tibor berishlari, muloqotda 
nutq etiket qoidalariga rioya qilishlari, bola nutqini takomillashtirish- 
ni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari kerak.
Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jami- 
yat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalar- 
ning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik dara- 
jasiga bevosita bog‘liqdir.
Oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhitda 
shaxs kamolotida eng muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter 
va dunyoqarash shakllanadi.
Oilaviy munosabatlar farzandlaming aqliy, ruhiy kamolotini 
ta’minlabgina qolmasdan, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yu- 
zaga keltiradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit 
farzandlaming yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishishlari uchun be- 
qiyos ahamiyatga egadir.
Ota-onalar o‘z ijtimoiy burchini bajarar ekanlar, farzandlaming 
mehnatga, uni tashkil etuvck larga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat 
tuyg‘usini shakllantirish, ulami ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, 
turli ko‘rinishdagi munosab’atlarini me’yorlarga og‘ishmay rioya 
etish, sog‘lom turmush tarzim yaratish, ko‘zda tutiladi.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma’naviy barkamol, 
ijtimoiy mehnat hamda oilaviy hayotga tayyor, nutq madaniyati shakl- 
langan, so‘zga boy shaxsni o‘sib ulg‘aytirib beradi. Ota-onalar bo­
lalarining yetuk, barkamol va sog‘lom o‘sishlarida ulaming kundalik 
hayotiy rejimiga amal qilishlari nihoyatda muhimdir.
Oilada uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovor- 
dir. Odob-axloq mavzusida uyushtirilgan muloqotlar farzandlaming 
til vositalarini mustaqil tarzda qo‘llashlariga erishish zarurligini 
ko‘rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar farzandlaming kundalik faoli- 
yatida, sayru sayohatlarda samarali natija berishi shubhasizdir.
Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy 
talaffuz me’yorlariga binoan barcha tovush va so'zlami aniq va tiniq 
talaffuz etib, so‘z boyligini rivojlantirmog‘i lozim. Bolalar shaxsini 
shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kam-
330


chiliklar hali-hanuz oilalarda yetarli darajada emas. Ota-onalaming 
bolalarga beparvoliklari, so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat 
bermasliklari oilada bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda 
uyushtiriladigan o‘yinlarda, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. 
Bolalaming nutq madaniyatini shakllantirishda oiladagi katta-kichik- 
lar, tengdoshlari bilan qilinadigan muomalalari ko‘proq rol o‘ynaydi.
Farzandlaming o‘z harakatlari va xulqini boshqara bilishi diqqat, 
fikr va xotira sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Oila va oilada bola tarbiyasi doimo dolzarb muammolardan biri 
bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi. Tarbiya ishi 
qanchalik erta boshlansa, hosil ham shuncha erta ko‘zga tashlanadi. 
Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda 
pedagoglaming vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, 
axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Sog‘lom 
bola awalo sog‘lom va mustahkam oilada dunyoga kelishi, muqaddas 
dargohda o‘sib, ulg‘ayib, tarbiyalanib voyaga yetishi hammaga ma’lum. ? 
Oilada farzand tarbiyasida qo ‘yilgan har bir xato va kamchilik insonning 
kela.agiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi va aksincha to‘g‘ri va < 
soglom bola tarbiyasi kelajak poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
Bola tarbiyasi bilan shug'ullangan oilalaming bolalari ta’lim muas- 
■ 
sasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan 
ko‘rsata oladilar. Oila va ta’lim muassasaslarining uzluksizligi bolani 
nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uni ma’naviy 
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila va ta’lim muassasalari to- 
monidan bolalarga berilayotgan taTim-tarbiya, pandu nasihatlari ha- 
qiqat yo‘lida xizmat qilishga da’vat etishidan iborat bolishi lozimdir.
Oila va maktabgacha ta’lim muassasalarining eng dolzarb vazifalari- 
dan biri sog‘lom bola tarbiyasi ekan, demak, maktabgacha ta’lim muas- 
sasalarida hozirgi zamon talablariga mos ravishda, har tomonlama mu- 
kammal tarzda singdirilgan bilim, tarbiya yosh go‘dak qalbida, ongida 
muhrlanib qoladi. Bolalarni jismonan barkamol etib tarbiyalash, yetuk, 
yuqori axloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni 
aqliy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasiga 
xos bo‘lsa, oilada ota-onalarimizning zimmasida sog‘lom nasi, sog‘lom
331


bola tarbiyasi mas’uliyati, bolalarni sharqona uslubda tarbiyalash, milliy 
qadriyatlarimizni kundalik hayotga tatbiq etish, yoshlar qalbida Vatan- 
ga muhabbat ruhida tarbiyalash, imonu e’tiqod, insofu diyonat haqida 
ma’lumotlami to‘liq bilish bilan birga bolalardagi mehr oqibat, kattalarga 
bo‘lgan hurmat kabi xislatlami shakllantirish vazifalari turibdi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin