Babayeva d. R


  Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga о‘rgatishda



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3. 
Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga о‘rgatishda
multimedia texnologiyasidan foydalanish metodlari. 
Maktabga­
cha ta’lim o‘quv tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini, 
o‘quv tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uni yechishni 
to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, 
qiyinchiliklami to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi.
347


Maktabgacha ta’lim-tarbiya masalalari eng muhim asosiy peda­
gogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda 
o‘rganadi.
Ta’lim-tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, 
umumbashariy qadriyatlariga bogiangan holda maktabgacha yosh- 
dan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini 
shakllantirishga qaratiladi.
Pedagog olimlaming yillar davomida ta’lim tizimida nega 
o‘qitamiz? nimani o‘qitamiz? qanday o‘qitamiz? degan savollarga ja- 
vob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o‘qitish 
mumkin? degan savolga javob beradilar. Bu esa olim va amali- 
yotchilami ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni 
« 0 ‘qitishni ishlab ohiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan 
texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin» degan 
fikrga olib keladi. Bunday fikming tug‘ilishi pedagogika fanida yangi 
pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda 
maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim - tarbiyaviy jarayonda 
pedagogik tcxnolo^iyalardan foydalanishiga alohida e’tibor berilayot- 
ganligining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruv- 
chi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlan- 
tiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga 
tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya pedagogni ta’lim-tarbiya 
jarayonining maqsadlaridan boshlab tashxis tizimini tuzish va bu 
jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjimi 
oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va ax­
borot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ulaming qo‘l- 
lanilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini amalga 
oshirishni ta’minlaydi.
TaTim-tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etili- 
shi pedagogning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi
348


sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa tarbiyalanuvchilardan 
ko‘p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlami talab qiladi.
Har qanday pedagogik texnologiyalaming o‘quv tarbiya jarayoni­
da qo'lanilishi shaxsiy jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim 
o‘qitayotganligi va pedagog kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yosh- 
laming muhim hayotiy yutuq va muammolarga o‘z munosabatlarini 
bildirishlariga intilishlarini oshirib, ulami fikrlashga, o‘z nuqtayi na- 
zarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda 
ta’lim tizimi oldidagi muammolami hal etish uchun yangi axborotni 
o ‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholash- 
ga qodir, zamr qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan 
shaxslarga aylanadi.
Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining t .’lim-tarbiyaviy ja­
rayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion 
texnologiyalaming o‘mi va ahamiyati beqiyosdir. Pe dagogik texnologi­
ya va ulaming ta’limda qo‘llanilishiga oid bilimlar tajriba talaba yoki 
o'quvchilaming bilimli va yetuk malakaga egaligin ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innavation) - yangilik к ritish, yangilik de- 
makdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayoa hamda o‘qituvchi 
va talaba yoki o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgari.,hlar kiritish bo‘lib, 
uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi28.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin