Babayeva d. R


  Abduazimov O. Multimedia — noyob ne’mat. «Xalq so‘zi» gazctasi



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

26 
Abduazimov O. Multimedia — noyob ne’mat. «Xalq so‘zi» gazctasi,
2002-yil, 28-fevral.
344


navbatida ulami qisqa muddat va sifatli qondirilishini ta’min etuvchi 
faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini taqozo etadi. Ijtimoiy zarurat mahsuli 
bo‘lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt 
oralig‘ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot 
ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.
Media ta’lim nima?
Media ta’lim interfaol, bolaga individual ta’sir etadigan usul si- 
fatida ta’lim jarayoniga jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Media 
ta’lim bolani mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivoj- 
lantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa 
chiqarishga o‘rgatadi.
0 ‘quv xonalariga matbuot, televidenie, radio, kino, video va in­
ternet olib kirilmoqda. Bulaming barchasi media ta’lim nomi bilan 
ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.
Media ta’limning asosiy mazmuni mediamadaniyat (kino 
san’ati, badiiy televidenie va badiiy media) tilini, uning tarixini 
bilish, tushunishdir
Uning pedagogil strategiyasi mediamatnlami badiiy tahlil qila 
olish, uni talqin qilish asosida baho berishdan iboratdir. Xulosa 
o‘mida shuni aytish kerakki, media qanday shakllanadi, u haqiqatni 
ifodalaydimi, kimnir.g manfaatini ko‘zlaydi, uning mazmuni nimalar- 
dan iborat va bolalar uni qanday qabul qiladilar - bu savollar hozirga- 
cha turli munozaralami tug‘dirmoqda.
Lekin shuni yodda tutish kerakki, media ta’limning markazida 
bola shaxsi turadi, uning qiziqish, xohish, istaklarini hisobga olish, 
olingan axborot asosida tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kerak.
Turli davlatlar olimlarining fikrlariga ko‘ra, media ta’lim-tarbi- 
yaviy, ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarni o‘quv-bilish jara­
yonida kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Mediata’limning eng muhim vazifalaridan biri yosh avlodni tobo- 
ra jadallashib borayotgan axborot oqimida, har xil axborotni olish, tu- 
shunib yetish, uning inson psixikasiga ta’sirini bilish va undan to‘g‘ri, 
maqsadli foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Mediata Tim olingan axborotni integratsiya qilish, shu asosida 
shaxsiy fikrni bildirish va qayta olishga chorlaydi. 0 ‘z fikrini erkin
345


bildirish, shaxsiy rivojlanish, turli axborot xurujlariga qarshi fikr 
bildirish orqali o‘quvchining ijtimoiy faolligi oshadi, media axborot- 
dan faol va to‘g‘ri foydalanish madaniyati shakllanadi. Shu orqali 
berilayotgan axborot haqida fikr yurita boshlaydi.
Shuning uchun ham mediamashg‘ulotlar:
• 
«Badiiy-imitatsiyali» - kichik senariylar, mediamatnlar tuzish, 
uni interfaol usulda namoyish etish;
• 
Teatrlashgan vaziyat hosil qilish (mediamatn asosida ayrim epi- 
zodlami sahnalashtirish, mediamatn jarayonini namoyish etish);
• 
Tasviriy-imitatsiya tayyorlash (afishalar yaratish, fotoko‘rgazma, 
ma’lum mavzudagi asarlar rasmlarini namoyish etish) kabilarni 
tushunish, qo‘llay olish ko‘nikmasini hosil qiladi.
Yuqoridagi didaktik materiallami tayyorlash, namoyish etish, tahlil 
asosida xulosa qilish, emotsional qabul qilish orqali nafis san’atni tu- 
shunishga olib keladi. Bu holat bolaning umumintellektual rivojlanishi- 
da, bilim olishi, tarbiya topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi27.
Mediamashg‘ulotlar berilayotgan axborotni qabul qilish, o‘zlash- 
tirish jarayonida ikkita yangi komponent ishtirokini ta’minlaydi.
1. Mediamashg‘ulotlarda kompyMerlar universal holda qo‘lla- 
nishi bilan xarakterlanadi.
2. An’anaviy texnologiyalar vositalari yoniga dasturli vositalar 
to‘ldiruvchi bo‘lib kiradi. Dasturiy ta’minot ayrim mavzu- 
lami o‘qitish va o‘zlashtirish uchun mediata’lim qulay muhit 
yaratadi. Unda ta’lim mazmuni aniq, ravon shakllantirilgan 
bo‘ladi, chizmalar, rasmlar, jadvallar, videofragmentlar, ovoz-
li, animatsion ta’minot kreativ bilan namoyish etiladi.
Mediamashg‘ulotlaming afzal jihati shundaki, ta’lim jarayonida 
bolalaming mustaqil ijod qila olish qobiliyatlarini rivojlantiradi, Shu 
munosabat bilan mediamashg‘ulotlar mazmunini belgilash, tashkil 
etishda faqatgina o‘quv fani mazmuni nuqtayi nazaridan yondashmas- 
dan, balki uning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi tomonlarini ham 
hisobga olish kerak bo‘ladi. Mediamashg‘ulot axborotdan foydala­
nish madaniyatini shakllantirish, ya’ni kerakli axborotni olish, uni

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin