-
elektron dars ishlanmalari, testlarmajmui, elektron ko‘rgazmali
qurollar va o‘quv
filmlari yaratish, ulami doimiy yangilab borish;
- о‘quv jarayonida kompyuter texnikasidan unumli (kuniga 10-
12 soat) foydalanishni yo‘lga qo'yish;
- shu
bilan birga,
shubhasiz, barcha muassasalarda barqaror
elektr kuchlanishi, sifatli telefon aloqasi bo‘lishini ta’minlash zarur.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan maktabga
cha ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va axborot texnologi-
yalari vositalari bilan jihozlanmoqda. Bunda tarbiyachi pedagoglaming
o‘z mehnati faoliyatiga
yangicha yondashuvni, mashg'ulot o‘tish
jarayonida tarbiyalanuvchilaming bilim, malaka va ko‘nikmalarini
shakllantirish hamda ulami tushunarli va
qiziqarli shaklda tashkil
etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologi-
yalardan samarali foydalanishlari zaruriyati paydo bo‘ladi24.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonida
yangi kompyuter va axborot-kommunikatsion
texnologiyalar vosi-
talarining joriy etilishi, pedagog-tarbiyachilarning axborot texnologi-
yalari vositalaridan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini shakllan
tirish bilan birga, ulaming mashg‘ulotni tashkil etish jarayonidagi
maqsadi, vazifalari va tutgan o‘mini o‘zgartiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim be-
rishda axborot texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisob-
lanib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Lekin shunga
qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ulaming har
tomonlama yetuk inson bo‘lib rivojlanishida kompyuter texnologi-
yalari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuv
chilaming
badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlami o‘qish, rasmlami
ko‘rish va ajrata bilish tasawurlarini kengaytirish kompyuterli o‘yin
dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda axborot texnologi
yalaridan keng foydalanilmoqda.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalaming
rivojlanishi
uchun
mo‘Ijallangan kompyuterli o‘yin dasturlarining barchasi ham ta’lim
Dostları ilə paylaş: