Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Masalan: 
shakllarni ustma-ust qo‘yish o‘yinida, birinchidan, o‘yin 
vazifasi bo‘yicha bola shakllarni ustma-ust qo‘yish natijasida qanday 
shakl hosil bo‘lishini topsa, ikkinchidan, tarbiyachining topshirig‘i 
bo‘yicha shakllar sonini sanab berishni, shakllar qanday ko‘rinishda 
ekanligini va ulaming nomlarini aytishni, ranglami ajratib berish 
vazifalarini bajaradi (ta’limiy jihati). Bundan tashqari, tarbiyalanuv­
chi «sichqoncha»dan foydalanib kompyuterda ishlash malakasini ho­
sil qiladi va kompyuter savodxonligini oshiradi. -
Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar tex- 
nologiyasidir. Uning ajraiib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
. Axborotning xilma-x 1 turlari: an’anaviy (matii, jadvallar, bezak- 
lar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, 
telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsu- 
lotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan 
o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio- 
tizimlar, optik kompakt-disklar, televizor, videomagnitofon, vi- 
deokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda 
kompyuter boshqaruvida bajariladi;
Muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va 
grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning 
ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlami 
kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protses- 
sor tez harakatchanligi, ma’lumotlami uzatish shinasining o‘tkazish 
qobiliyati, operativ(tezkor) va videoxotira, katta sig‘imli tashqi 
xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanal- 
lari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi 
talab etiladi;
342


Multimedia vositalari asosida ta’lim-tarbiya berish hozirgi kunning 
dolzarb masalalaridandir. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va 
texnikaviy vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya 
effektlari asosida o‘quv materiallarini maktabgacha yoshdagi bolalarga 
yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir25.
Multimedia vositalari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga 
ta’lim-tarbiya berish quyidagi afzalliklarga ega:
A) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq 
o‘zlashtirish imkoniyati bor;
B) ta’lim-tarbiya olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa 
qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
V) ta’lim-tarbiya olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni te- 
jash imkoniyatiga erishish;
G) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak 
bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Demak, kompyuterli didaktik o‘yinlar ta’lim bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lib, ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam qiladi. Kompyu­
ter va uning xotirasidagi ta’limiy o‘yinlar birgalikda, multimedia 
texnologiyasi (compyuterli ta’lim)ning o‘yinlar bo‘yicha asosiy didak­
tik vositasi hisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi o‘yinlardan tashqari, 
qo‘shimcha didaktik o‘yinlar tayyorlash mumkin.
2. 
Media ta ’limning asosiy mazmuni. Respublikamizning peda­
gogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslanganhamda О ‘zbekistonning 
ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta’lim texnologiyalarini 
yaratish va ulami ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.
Bu yerda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalami 
ilmiy-nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati 
tug‘ildi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qancha- 
dan-qancha bilimli kadrlami va yuqori malakali olimlami yetishtirib 
kelgan pedagogika uslublari mavjudki, ulaming eskirib, talabga ja­
vob bermay qolgan joylarini o‘zgartirib, milliy tus berib, foydalana- 
versa bo‘lmaydimi? - degan mulohazalar ham kam emas. Pedagogik 
jamoatchilikning aksariyati, aynan mana shu yo‘ldan bormoqda. Bu 
yo‘l ilojsizlikdan izlab topilgan bo‘lib, qisqa muddat xizmat qilishi

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin