shish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar
nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga
erishish muhim
bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
- dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi;
- bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga
e’tibor berish;
- bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash;
-
dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish;
- hikoya qilib berish;
- bolalami badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
- bolalami savod o'rgatishga tayyorlash va boshqalar.
Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqiohlarida amal
ga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalaming yosh xususiyati,
shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi.
Bolalaming tevarak-atrofni kuzatib borishi
natijasida talaffuzi
ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlami to‘g‘ri talaffuz
qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik to
mondan gapni to‘g‘ri
tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi.
Bolalaming o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu
hikoyalami erkin bayon qila. oladilar. Ularda kattalar bilan mulo
qotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo
bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini
takomillashtirish, atrofd^gi
narsalar, predmetlar, hodisalar nomini
ifodalovchi so‘z
boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik
nutqning
oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik ji
hatdan to ‘g ‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish
muhim va zarur hisoblanadi.
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tu
shunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali
o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalaming atrofdagilar bilan voqea-
hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu
ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mvtmkin.
Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa
bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yosh-
66
dagi
bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mav
jud
bo‘lganligini
hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakl-
Dostları ilə paylaş: