lantirishda, aw alo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor
berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, aw alo, ona
Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshla-
nadi. Bunda « Maktabgacha tarbiya muassasasi uchun dastur»da
bolalarda mustaqil 0 ‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalami
kengaytirish, uning o ‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish,
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shahar-
lar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «mustaqillik kuni» (1991-yil
1-sentabr), 0 ‘zbekiston ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bi
lan
tanishtirish, 0 ‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi
haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi,
uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; 0 ‘zbekistonning tabiati,
yerosti va yerusti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soy-
lari, o‘rmonubog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘
mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari,
o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota-
onalari, aka-opalarining 0 ‘zbekiston xalq1 xo‘jaligining turli so-
halaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa
vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shulaming bar-
chasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar haqidagi bilimlami
aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli
nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda
Respublikamiz tabiati, kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq
xo'jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalaming o‘ziga xos bel-