Babayeva d. R


besh  yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ulaming tushunishiga  va



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

besh 
yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ulaming tushunishiga 
va 
u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nis­
batan 
ishonchga asoslangan m lloqot va uning emotsional ahvolini 
(quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, :otirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qil- 
ishga, 
kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivoj­
lanadi. 
Kattalar bilan muloqotaing yangi shakli - qiziqarli mavzu- 
larda 
muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar 
bilan 
birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va 
o'yinchoqlar bilan tajriba o ‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan 
narsa 
yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining 
beshinchi 
yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan 
bilish 
mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyoji- 
ning 
qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuv- 
ga 
olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar 
indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib 
qoladilar; boshqalari esa - negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi.
Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng av- 
valo, 
birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish
79


va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola teng- 
doshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va teng- 
doshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlari- 
ning hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi.
Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bo­
lalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan 
ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z 
tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘mini anglay boshlaydi. Kommunikativ 
ko‘nikmarivojlanadi: bola salomlashadi vaxayrlashadi, do‘stini ismini 
aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib - shefigini u o‘ynayotgan 
rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagiga 
tushib ketdi»).
Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o'zining 
«men»ini anglash imkonini beradi. Aynan muloqotda «men» ob- 
razining shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida, ya’ni 
kattalar va tengdoshlari bolaga xayrixohlik bilan munosabatda 
bo‘layotganida uning ma’qullanishiga, ijobiy bahoga, tan olishga 
bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Salbiy muloqot fajribasi tajovuzga, 
o‘ziga nisbatan ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi.
Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi, odatda yuqori bo‘ladi. Kichik 
bolakay o‘z shaxsini haddan tashqari yuqori baholashi tabiiy, 
o‘rinlidir va bu kimdir uning shaxsiy xususiyotlarini salbiy bahola- 
gan («qizg‘anchiq») yoki uning xulq-atvorini, faoliyatini qandaydir 
bir ideal bilan, masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, shaxsni 
himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmi hisoblanadi.
Yosh o‘tishi bilan bolaning o‘z aytgan so‘zlariga va xatti-harakat- 
lariga, shuningdek, faoliyatning har xil turlaridagi o‘z imkoniyatlari 
va yutuqlariga mos tarzda baho berish rivojlanadi.
Besh yoshga kelib o‘zi sodir etgan xatti-harakatlami ularning 
boshqa odamning va uning o‘zining jismoniy va emotsional ahvoli 
uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari nuqtayi nazaridan baholashi 
mumkin. Unga «Agar men birovga yomonlik qilsam, bu unga ham, 
menga ham yoqmaydi, ikkimiz ham xafa bo‘lamiz. Agar men yax­
shi ish qilsam, ikkovimiz ham xursand bo‘lamiz» degan fikr-mulo- 
hazaning mazmuni tushunarli bo‘ladi. Bolada qiziqishlar va qadriyat
80


yo'nalishlari, o‘g‘il bolalar va qizlarga xos bo‘lgan muayyan faoliyat 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin