Babayeva d. R


Jonlantirish uchun savollar



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

130


Jonlantirish uchun savollar:
1. Bolalarga dialogik nutqni o‘qitishning asosiy metodini tavsif- 
lab bering.
2. Suhbatdan qaysi tarkibiy komponentlami ajratib ko‘rsatish 
mumkin?
3. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlarda 
pedagog qaysi asosiy metodlardan foydalanishi zarur?
4. Reproduktiv va qidiruv savollari nimani anglatadi?
Mavzu у uzasidan savol va topshiriqlar
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik to ‘g ‘riligini
qanday о ‘stiriladi?
2. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulot-
larning qanday ahamiyati bor?
3. Nutqda eng muhimi qaysi?
4. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir qanday maxsus
mashg ‘ulotlami bilasiz?
5. Dialogik nutqqa о ‘rgatish usullari haqida nimalami bilasiz?
131


15-§. Bolalarni monologik nutqqa o‘rgatish
Reja:
1. Monologik nutqini shakllantirishning nazari asoslari.
2. Monologik nutqini shakllantirish usullari.
Tayanch tushunchalar: 
zanjirli aloqa, intonatsiya, kontaminatsi-
yalangan, Monologik nutq, so'z ijodkorligi, nutqning grammatik
tizimi.
1. 
Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari. 
Mo­
nologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi 
va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab 
berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.
Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda 
matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, oxiri) haqidagi eng oddiy bilimlami, 
gap bilan fikming tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi 
tasavvumi shakllantirishi zarur. Aynan usfcbu ko‘rsatkich (gaplar 
o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikming raVonligini shakllantirish­
ning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok, etadi.
Har qanday tugallangan fikrda iboralami bog‘lashning keng tar- 
qalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplami bog‘lashning eng keng 
tarqalgan usuli - bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, si- 
nonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari 
hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang- 
barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta 
takrorlashdan qochadi.
Pedagog bolalarga gaplami parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi 
zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki 
hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga 
yashirinib oldi).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni 
o'rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib 
berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida 
e ’tibor qaratish zarur.
132


Ravon fikmi tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning 
uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini 
shakllantirish, umuman, matnning tarkibiy birligi va mazmunan tu- 
gallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalaming birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik 
nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh 
yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklami hikoya qilib berish, voqea- 
lar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon 
qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltimvchi va aniqlashtimvchi savol- 
lami berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini 
qo‘ llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya maz­
munini, rejasini, voqealaming ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib 
qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko‘ra fikr 
bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: Tasvirlash, bayon 
qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalaming ravon fikr- 
larida kontaminatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, 
ya’ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib 
ketadi (va aksincha).
Har xil turdagi matalar tuzishni o‘qitishni ishlaming suhbat, 
o‘zining va begonalaming matnini tahlil (baholash) qilish, reja tu­
zish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli 
xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya 
etiladi.
So‘z predmetlar, jarayonlar, xususiyatlami nomlash uchun muhim 
til birligi hisoblanadi. So‘z ustida ishlash nutqni rivojlantirish borasida- 
gi ishlaming umumiy tizimida eng muhim ishlardan bin hisoblanadi.
Ona tilining lug‘at tarkibini egallash uning grammatik tizimini 
o‘zlashtirish, ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush 
jihatini shakllantirishning zarur shartidir.
So‘zning til birligi sifatidagi ajralmas xususiyati uning mazmu- 
nidir. Insonda so‘zlaming turli ma’nolarini tushunish ko‘plab yillar 
davomida rivojlanadi. Pedagog so‘zdan foydalanishda semantik aniq- 
likni ta’minlash uchun bolani aynan bir so‘zning turlicha ma’nolari 
bilan tanishtirishi zarur. Bolada so‘zlar va so‘z birikmalarini matn
133


bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish ravon 
fikrlami hosil qilish, so‘zlardan erkin foydalanish va ularni mazmu- 
niga qarab bog‘lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakl- 
lantirishga yordam beradi.
Narsalarning so'zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ularni o‘rab turgan 
borliq bilan tanishish jarayonida o‘zlashtirib oladilar. Biroq, maktab­
gacha yoshdagi bolaning lug‘ati nafaqat miqdor jihatdan o‘sishga, 
balki sifat jihatdan takomillashuviga (so‘zlar ma’nosini aniqlashti- 
rish, sinonimlar, antonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlami qo‘llashdagi se- 
mantik aniqlik, ko‘chma ma’nolami tushunish) muhtojdir.
Agarda muayyan so‘zni qo‘llashni o‘rgatish uning mazmuni bilan 
bog‘liq bo‘lib, so‘z ustida jshlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi 
bog‘liqliklar o‘matilsa, bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atini rivojlantirishda so‘zlami

mavzuga oid guruhlarga birlashtirish tamoyili muhim hisoblanadi. Til 
; birliklari o‘zaro bog‘langan va bir-biriga tobe bo‘ladi. Mavzuga oid

qatorlami tashkil qiluvchi so‘zlar umumiyligi negiz atrofida jpyla- 
shadigan semantik maydon hisoblanadi. Chunonchi, ko‘p mt ’noli

so‘z bo‘lmish 
igna
archasimon daraxt bargi ma’nosida quy dagi 
semantik maydonga kiradi: daraxt - daraxt tanasi - novdalar - ya- 
shil - momiq - o‘sadi - tushib ketadi. Aynan shu so‘z «tikuv ignasi» 
ma’nosida boshqa semantik qatorga kiradi: tikmoq - tikib qo‘ymoq
- mato ustidan ip bilan tikmoq - ayollar ko‘ylagi - erkaklar ko‘ytagi -
naqsh - o‘tkir-o‘tmas va h.k.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin