Babayeva d. R


-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

18-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni
rivojlantirish metodikasi
151


Bolalaming o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik 
(ifoda) qiyinchiliklaming yangi fonetik (tovush) qatlamga o'tishidan 
boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p holatlarda 
ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‘rinishidagi aso- 
ratlami qoldiradi. Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq 
mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvis- 
tik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi. 
Hattoki, ms muhitida yashaydigan va o‘zga tilni yetarli darajada 
egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi nutqdagi milliy she- 
vadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi 
, va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘zga tilni o'qitishda birinchi 
mashg‘ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g‘ri adabiy talafiuzni shakl­
lantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldida 
quyidagi vazifalar turadi:
- bolalarda artikulatsiya apparatining harakatchanligini rivoj- 

• 
lantiris 
1
;
- eshitisl; organlarini yangi til tovushlariga o‘rgatish;

- bo‘g‘in ardagi, so‘zlardagi tovushlami ms tilining orfoepik qoi- 
dalarig; mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish;
- bolalar lutqining ifodaviyligini, yaxshi talaffuzni shakllantirish;
- milliy fhevaning oldini olish.
To‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish nutqning tovush 
madaniyatini tarbiyalashga oid ishlaming muhim qismi hisoblanadi.
• Bu ish lug‘atni, ravon va grammatik to‘g‘ri nutqni rivojlantirish bilan 
bir vaqtda amalga oshiriladi.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bo­
lalarda o g ‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti 
k o ‘nikm alarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodi- 
kasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: 
nimani o ‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbi­
yalash), qanday o ‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qan­
day sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), 
nega endi aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirish- 
ning ta k lif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi 
m a’lum otlariga asoslanmoqda).
152


Nutqni rivojlantirish metodikasi - maktabgacha yoshdagi bolalar­
da nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuni- 
yatlarini o‘rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi - ilmiy-psixologik asosda nutqni 
rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ish­
lab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalami muvaffaqi- 
yatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog‘chalari 
tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasi bolalarga ona tilini о‘rgatishning 
obyektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi 
sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan hamda 
hozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‘z farazlaridan 
kelib chiqib yoki boshqalaming tajribalaridan nusxa ko‘chirgan holda 
bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p narsani nazardan qochi- 
radi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni ri­
vojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda 
rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalaming yashovchanligi amali- 
yotda tekshirib ko‘rilmoqda, amaliyotning o‘zi fan oldiga hali o‘z 
yechimini topmagan muhim masalalami qo‘ymoqda.
2. 
Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh. Nutqi,i rivojlan­
tirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy n ietodikalar 
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi, chunki nutq - bola shaxsini to‘la-to‘kis 
rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nut- 
qini tushunish va bolaning o‘z faol nutqi har qanday pedagogik jarayon- 
da zarurdir. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‘ldosh bo‘ladi.
Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasawur, xayolot, fikrlash, 
shuningdek, nutq yordamida anglash qobiliyati - bu insonni hayvon- 
dan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq 
ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‘ladi hamda u o‘smirda va 
yosh yigitda faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, 
balki ushbu odam nutqni ham o‘zlashtirib olgan taqdirdagina jadal 
takomillashib boradi.
Bolalarning o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki kattalaming taklifiga 
ко ‘ra hikoya qilib berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ertak-
153


lar, suratlar va o‘z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlaming so‘zdagi 
mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni 
o'rgatish. Dabdurustdan tug‘ilgan so‘z ijodkorligida, tovushlar va 
qofiyalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘zlar bilan amalga oshi- 
riladigan sinovlarda, ulaming jarangdorligi va ahamiyati, so‘zlar 
mazmunini talqin qilishda ko‘zga tashlanadigan so‘zlarga qiziqishni 
qo‘llab-quwatlash. Til voqeyligini eng oddiy anglashni rivojlantirish, 
bolalami «tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishtirish.
Lug‘at. So‘zning mazmun jihatlari haqidagi tasawurlami takomil- 
lashtirish, bolalar nutqlarini antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli 
so‘zlar, umumlashtimvchi nomlar bilan boyitish, obrazli so‘zlar, qi- 
yoslashlar, o‘xshatishlar, aniq fe’llami faollashtirish. Nutqning gram­
matik qurilishi. So‘z o‘zgartirishdagi qiyin holatlami (ko‘plikdagi 
otning bosh va qaratqich kelishigi, o‘zgarmaydigan otlar, buymq 
mayllari, fe’l shakllari, tugallangan va tugallanmagan fe’l shakllarini 
vujudga keltirish) o‘zlashtirishga yordam berish.
Fe’l, ot va sifatdan so‘z yasash usullarini shakllantirish. Gap 
tuzilmasini takomillashtirish, turli xil tuzilmadagi - oddiy, qo‘shma 
gaplaming, birovlar nutqining faol qo‘llanilishiga yordamlashish. 
Grammatik vositalami o‘rganish jarayonida nutqqa nisbatan tan- 
qidiy munosabatni, to‘g‘ri gapirishga intilishni qo‘llab-quwatlash. 
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning 
talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika 
jihatidan yaqin tovushlami (qattiq va yumshoq, jarangli va jarang- 
siz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g‘ri talaffuz 
etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlami 
to‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va ba- 
landligini beixtiyor tartibga solishni o‘rgatish.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish 
mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga yetib 
inson hayotining eng muhim davrlaridan biri - uning birinchi «do- 
rilfununi» nihoyasiga yetadi. Ammo, haqiqiy dorilfunun talabasidan 
farqli ravishda bola birdaniga barcha fakultetlarda ta’lim oladi. U 
jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‘rganadi (albatta, imkon darajasida), 
matematikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdek, eng oddiy notiqlik
154


kursini ham o‘taydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni 
o‘rganadi. Filologiya fanlarini o‘rganish natijasida nafaqat badiiy 
adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, nning qahramonlariga 
qayg‘urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy 
shakllarini his qilish va tushunish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladi. 
Bola kichik tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so‘zlami to‘g‘ri 
talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushdan va gap­
lar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bu- 
laming barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini 
har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir. Lug‘at ishi jarayonida 
(va boshqa nutqiy vazifalami hal etish jarayonida) pedagog bolalarda 
nutqning aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, ifodalilik kabi sifatlari amalga 
oshishiga erishishi zarur. Bolalarda fikr bildirish uchun so‘zlovchining 
niyatini aniq aks ettiruvchi leksik vositalami tanlab olish qobiliyatini 
shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bolalar bilan lug‘at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagi- 
lami hisobga olishi lozim:
- leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili;
- semantik jihati (bolani so‘z mazmuni bilan tanishtirish);
- so‘zlami birlashtirishning assotsiativ metodi.
Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan 
o'zaro bog‘liqlikda so‘zli o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida 
0
‘tkazish tavsiya etiladi. 
-
Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar - nutqning mazmun jiha- 
tini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli predmetlar 
va obyektlami taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalami 
ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyektlar (o‘yinchoqlar, 
rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy vaziyatlar (quvnoq va 
g‘amgin tulkichaning harakatlari, erta va kech kuz ob-havosi va h.k.) 
ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya qilishdan oldingi lug‘at mashqlari 
bolalarning ravon nutqlarining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar 
bilan boyitilishiga yordam beradi.
Mavzu: Ijodiy hikoya tuzish: « 0 ‘ja r jo ‘jacha».
Maqsad: Tarbiyachi tomonidan aytilgan hikoyani nihoyasiga yet- 
kazishga, jumlalami qisqa, lo‘nda tuzishga o‘rgatish.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin